Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHODIYONALAR XUSH KAYFIYAT BAXSH ETMOQDA

×

 2021-03-20 23:13:58    127

PDF yuklash
Chop etish



Bugun yurtimizda bahor nafasi kezib yuribdi. Navro’z ayyomi Qo’shtepa tumanining har bir mahallasida, xonadon va oilalarda munosib nishonlanmoqda. Ushbu qutlug’ sanaga bag’ishlab mahallalarda uyushtirilayotgan shodiyonalar xalqimizga xush kayfiyat baxsh etmoqda.

Sharqona yangi yilning va tabiat uyg’onishining boshlanishi, asl milliy va hamisha ardoqli bayramimiz bo’lgan Navro’z yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag’rikenglik va bunyodkorlik ramzi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu mahallalarda tashkil etilayotgan bayram tadbirlarida ham yaqqol namoyon bo’lmoqda.


Bu yilgi Navro’z bayrami tumanimizning eng chekka hududlaridan biri bo’lgan Istiqbol mahallasida ham o’zgacha ko’rinishda va o’zgacha tarzda, ko’tarinki ruhda nishonlandi

Mahalladagilarning teatrlashgan sahna ko’rinishlari, elu yurtning dilidan chuqur joy olgan qadimiy urf-odatlar, ezgu insoniy tuyg’ularni tarannum etadigan aytishuvlar, o’lan va laparlar ham keng ko’lamda namoyish etildi.


Shuningdek, krantin davrida mahalladagilarga ko’tarinki kayfiyat ulashish maqsadida “Super kelinchak” deb nomlangan tanlov ham bo’lib o’tdi. Bayram tadbirida tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari M.Mo’ydinova ham ishtirok etib barchani bayram bilan tabrikladi.

Tadbir davomida “Super kelinchak” tanlovi ishtirokchilariga esdalik sovg’alari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram