Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVRO’Z – QAYERDA QANDAY NISHONLANADI?

×

 2021-03-20 12:16:00    733

PDF yuklash
Chop etish



Navro’z insoniyatning eng qadimiy bayramlaridan biri bo’lib bir necha ming yillardan beri o’zbekning o’zligini namoyon etib kelayotgan qadriyatidir.

Ma'lumki, Navro’z Sharq xalqlarining bahor bayrami sifatida ming yillar mobaynida insoniylik, mehr-muruvvat, mehnatsevarlik, sabr-toqat kabi qadriyatlarni namoyon etgan xolda nishonlanadi.

Bu bayram insoniyat o’zligini ilk bor yorqin namoyon eta olgani bilan ham ahamiyatlidir. Navro’z bayrami 21 martdan boshlanib bir necha kunlab davom etgan.

Navro’zning qachon va qanday vujudga kelganligini aniq ko’rsatish qiyin. Shunday bo’lsa-da, ishonch bilan aytish mumkinki, bu bayram dono va zukko kishilar tomonidan kashf qilingan. Chunki Navro’z koinot va tabiat qonuniyatlari, ya'ni quyoshning hamal burjiga kirishi, kecha va kunduzning tenglashishi, tabiatda jonlanish yuz berishi, bahorning kelishi bilan bog’liq tarzda ilmiy asoslanib belgilangan. Bu esa har qanday jamiyatda “yil boshi” (qachon kelishidan qat'i nazar) Navro’zni tabiat bayrami sifatida nishonlash uchun asos bo’lgan. Aslida Navro’z ibtidoiy jamoa davrida odamlar dehqonchilikka yangi ish mavsumi boshlashdan oldin o’tkazadigan bahor bayrami sifatida shakllangan. Zamonlar o’tishi bilan bu bayram takomillashib, unga mos kun aniqlangan. U “yil boshi” sifatida belgilanib, unga “Navro’z” (ya'ni, “Yangi kun”) degan nom berilgan, deb taxmin qilish mumkin.

Navro’z shamsiy yangi yilning boshlanishi hisoblanib, tarixi minglab yillarga borib taqaladi. Navro’zni nishonlaydigan har bir mamlakatda o’ziga xos an'analari mavjud. Eronda bu «haft sin», ya'ni «s» harfidan boshlanadigan yetti xil noz-ne'mat bilan dasturxon bezatiladi. Afg’onistonning Mozori Sharifida hazrat Ali maqbarasida «Janda Bolo» marosimiga minglab kishilar yig’iladilar.

Navro’z sharq xalqlarining sevimli va bosh bayrami xisoblanadi. Jumladan Ozarbayjonda ham Navro’z keng nishonlanadi. Bayramning birinchi kuni odamlar daryo yoki buloqqa borib, uning suvini bir-birlariga sepadilar. Ozarbayjonliiklar suvni poklik va tozalik ramzi sifatida ko’rishadi. Shu tariqa ular yangi yilda bir-birlariga baxt-saodat tilaydilar. Shundan so’ng bir-birlarini shirinliklar bilan mehmon qiladilar. Navro’z kuni albatta shirinlik istemol qilish ularning azaliy odati hisoblanadi. Markaziy Osiyo xalqlari Navro’zni deyarli bir xil kutib oladilar.

Ba'zi davlatlarda bu bayram rasmiy taqiq va ma'n qilishlardan omon qolgan, asrab kelingan bir an'anadir. Zaminga bahor kelishi bilan barcha yurtlarda milliy bayram va an'analar boshlanadi. Chunki dunyo xalqlarining har birida ko’klam fasli va yangi yilga bag’ishlangan an'ana-yu, rasm-rusumlar bor. Ularning barchasi o’ziga xos va jozibali. Jumladan, Xitoyda yangi yil ayyomi yanvar oyi oxiri fevral oyi boshlariga to’g’ri keladi. Yangi yilni nishonlash «uy tozalash»dan, eskirgan buyumlarni chiqarib tashlashdan boshlanadi. Bu qadimiy yurtda yangi yil tantanalari «Chun jqe» – bahor bayramiga ulanib ketadi. Eramizdan avvalgi ikkinchi asrdan beri nishonlanib kelinayotgan «Chun jqe» bayramining mazmun-mohiyati, ya'ni xonadonlarda mehmon kutish, mehmonga borish, qariyalarni ziyorat qilish, bolalarni xursand qilish, dehqonchilik ishlariga kirishish odatlari xuddi bizning Navro’z udumlarini eslatadi.

Tinch okeanidagi bir qator orollardan iborat Fiji mamlakatida qishdan bahorga o’tish keskin bilinmaydi. Dengiz havosi doim mo’'tadillikni saqlab turadi. Biroq Fiji gulining ochilishi bahor kelganidan darak beradi. Aholi bahorni alqab, turli tadbirlar o’tkaza boshlaydi.

Kunchiqar mamlakat Yaponiyada bahorning dastlabki haftasida «Moma-no sekku» – o’rik guli bayrami nishonlanadi. Dehqonlar shu kuni bir-birlarini bahor ayyomi boshlanishi bilan qutlab, dalaga chiqadilar. Yaponiyada o’rik gullashi nafosat va bahoriy go’zallikka qiyoslanadi.

Taylandning Chiangmay shahrida har yili fevral oyining birinchi jumasida «Gullar sayri» marosimi boshlanadi. Bu marosim yurtga bahor kelganligidan dalolat bo’lib, ikki kun ichida butun mamlakatga yoyiladi. Tayland ko’chalari qo’llarida anvoyi gullar tutgan va bashang kiyingan yoshu qari bilan gavjumlashadi. Kattayu kichikning bir-birlariga gul taqdim etib, qutlashlari bahor ramzidir.

Ruminiya va Moldova mamlakatlarida bahorning ilk kunida «Mertsishor» tantanasi bo’lib o’tadi. Shu kuni odamlar bir-birlariga oq va qizil dastro’mollar taqdim etadi. Dastro’mol olgan kishilar uni bir oy avaylab saqlab yurib, 1 aprelda daraxtga ilib qo’yadilar. Bu bahor darakchisi sanaladi. Bahorning asosiy tadbirlari shundan so’ng boshlanadi.

Skandinaviya xalqlari bahorni may oyida kutib oladilar. Tarixiy an'anaga ko’ra, dengizchi va uy bekasi ko’rinishida kiyingan bir guruh yigit-qizlar dengiz yoki o’rmon chetida katta gulxan yoqib, uning atrofida sho’x raqslar tushib, bahorni kutib oladilar. Shundan so’ng aholi maskanlarida ko’klam fasli tadbirlari avj oladi.

Bahoriy an'ana va bayramlar qanday holatlarda nishonlanmasin, hammaning chehrasida bizning Navro’z ayyomimizdek o’zaro samimiyat, mehr-oqibat tuyg’ulari hukm suradi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram