Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OBODONLASHTIRISH XODIMLARI UCHUN BAYRAM DASTURXONI YOZILDI

×

 2021-03-19 20:05:51    205

PDF yuklash
Chop etish



Tumanimiz ko’chlarining ozodaligi va obodonligi, atrof-muhit sarishtaligini ta'minlash yo’lida erta-yu kech, qishin-yozin tinmay mehnat qilib kelayotgan Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga Qo’shtepa tumanida yana bir bora hurmat-ehtirom ko’rsatildi.

Bugun tuman hokimligi, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi va fermerlar kengashining tashabbusi bilan soha xodimlariga bayram dasturxoni yozildi.

G’ishtmon Madaniyat bo’limida bo’lib o’tgan tadbirga tuman hokimi va sektor rahbarlari ham tashrif buyurdilar.


Tuman hokimi I.Novikov soha vakillarini bayram bilan muborakbod etdi. Xomiylar tomonidan tashkil etilgan sovg’alar tadbir ishtirokchilarining har biriga ulashildi.

Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga to’kin dasturxon yozilib, issiq taomlar ulashildi. Tuman madaniyat markazi xodimlari tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi. Kuylar qo’shiqqa, qo’shiqlar raqslarga ulanib, tadbir ishtirokchilari miriqib hordiq chiqardilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram