Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 111 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2-SEKTOR XABARLARI

×

 2021-03-19 14:07:31    220

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodov sektor shtabida “Mahallabay” ishlash uchun tuzilgan ishchi guruh a'zolari bilan uchrashdi. Sektor rahbari tomonidan temir, ayollar va yoshlar daftariga kitirilgan fuqarolarni ish bilan ta'minlash hamda ularga kreditlar ajratish jarayoni qay darajada amalga oshirilayotganligi muhokama qilindi.


Shuningdek, sektor rahbari aholini arzon oziq-ovqat bilan ta'minlash maqsadida "Markaziy dehqon" bozorida bo’lib, bozorga fermer xo’jaliklari tomonidan qishloq xo’jalik mahsulotlarining olib chiqilishi hamda sotuvchilar tomonidan mijozlarga qanday xizmat ko’rsatilayotganligini o’rgandi. Sotuvchilarga savdoni amalga oshirishda karantin qoidalariga qat'iy amal qilishlari lozimligi tushuntirildi. 


Sektor rahbarining tashabbusi bilan homiylar yordamida Balandmasjid MFYda "Ayollar daftari"da ro’yxatda turuvchi 2 nafar fuqaroning farzandlariga xatna to’ylari o’tkazib berildi. Mahallada navro’z shodiyonasi va to’y marosimi birgalikda nishonlandi. Tadbir davomida to’y bolalarga velosiped, ularning oilasiga esa pech sovg’a qilindi.

Sektor rahbari ishtirokida 1-sonli IDMIning majlislar zalida Katta Beshkapa mahallasida "Yoshlar daftari"da ro’yxatda turuvchi ishsiz va uyushmagan yoshlar ishtirorkida “Prokuror va yoshlar uchrashuvi” o’tkazildi. Uchrashuv davomida 4 nafar yoshlarning yer olish bilan bog’liq muammolari ijobiy hal etildi.

Qo’shtepa tuman 2-sektor shtabi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram