Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AHOLINING HUQUQIY SAVODXONLIGINI OSHIRSAK, HUQUQBUZARLIKNING OLDINI OLISHGA XIZMAT QILGAN BO’LAMIZ
2021-03-19 13:28:16 221
Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan “Mening mahallam – mening sudyam” g’oyasi asosida bo’lib o’tayotgan sayyor uchrashuvlar bu gal Qo’shtepa tumanidagi “Xumdon”, “Bo’ston”, “Vatan”, “Kichikbeshkapa” va “Qoraqushchi” mahalla fuqarolar yig’inida o’tkazildi.
Uchrashuv davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tushuntirish berildi.
Sayyor uchrashuvda mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar o’zlarini qiynab kelayotgan muammolar hamda qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi.
O’tkazilgan tadbir davomida 38 nafar fuqarolar ishtirok etib, ularga huquqiy tushuntirishlar berilib, huquqiy yordam ko’rsatildi.
X.BOYNAZAROV,
Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi.