Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR” KO’RIK-TANLOVI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/623c872e1c2c48f1cada2.jpg)
2021-03-18 15:37:06 175
![](https://telegra.ph/file/623c872e1c2c48f1cada2.jpg)
Bugun Qo’shtepa tumanidagi Axborot kutubxona markazida 5 ta muhim tashabbus doirasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlovda tuman XTB tasarrufidagi 29, 33, 40-umumiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi.
Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatimizda o’quvchi-yoshlarning ijtimoiy-ma'naviy bilimlarini yanada mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma'naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, qolaversa, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iboratdir.
![](https://telegra.ph/file/3af588271059c691935ac.jpg)
![](https://telegra.ph/file/7cd3e18fc2672a8ea381f.jpg)
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tumani bo’linmasi, tuman XTB va Axborot kutubxona markazi hamkorligida tashkil etilgan bellashuvda o’quvchilar 4 ta shart bo’yicha o’zaro bellashdilar. Bellashuvda 40-umumiy o’rta ta'lim maktabining “Davr yoshlari” jamoasi birinchi o’rinni egalladilar.
![](https://telegra.ph/file/732cbf846388e50c9104e.jpg)
![](https://telegra.ph/file/370738e5866408283d056.jpg)
Tadbir yakunida g’olib jamoaning barcha ishtirokchilariga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tumani bo’linmasi hamda tuman Axborot kutubxona markazining esdalik sovg’alari topshirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.