Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
2-SEKTOR XABARLARI
2021-03-18 09:33:53 191
Qo’shtepa tumani prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodov kunlik ish rejasiga asosan "Ilk qadam" nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’ldi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, bola qamrovi va oziq-ovqat mahsulotlarini o’z vaqtida yetkazib berilayotganligini o’rgandi. Sektor rahbari tomonidan tashkilot rahbariga bo’sh turgan binoga qo’shimcha xonalar tashkil etish, bola qamrovini kengaytirish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Shuningdek, aholi muammolarini joyiga chiqqan holda o’rganish maqsadida Katta Boltako’l MFYda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi. Qabulda 20 dan ortiq fuqarolarning taklif va muammolari tinglandi. Qabul jarayonida 2 nafar fuqaroning ishga joylashish va tibbiy ko’rikdan o’tish haqidagi murojaatlari ijobiy hal etildi.
Sayyor qabuldan so’ng ushbu mahalla fuqarolar yig’inida “Yoshlar daftari”da ro’yxatda turuvchi ishsiz va uyushmagan yoshlar bilan “Prokuror va yoshlar uchrashuvi” o’tkazildi. Uchrashuvda 15 dan ortiq yoshlarning muammolari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko’rildi.
Bundan tashqari, sektor rahbari “Shoxruxbek Oyatullo” fermer xo’jaligida ham bo’ldi. Fermer xo’jaligiga qarashli yer maydonlarida pol buzish va yer tayyorlash ishlariga kirishilmaganligi sababli sektor rahbarining amaliy yordami bilan pol buzish ishlari tashkillashtirilib, yer maydonlari tayyorlandi va yerning atrofidagi begona o’tlarni tozalash ishlari tashkil etildi.
Sektor rahbari Katta Boltako’l MFY, Yoshlik ko’chasida yashovchi notinch oila hisoblangan A.Ismoilovning xonadonida bo’lib, fuqaro bilan suhbat o’tkazdi. Suhbat davomida fuqaroga ishga joylashish taklif etildi.
Sektor rahbari Katta Boltako’l MFY, Yoshlik ko’chasi, 132-uyda yashovchi profilaktik hisobda turib jazo muddatini o’tayotgan U.Mamatovning xonadonida ham bo’ldi. Fuqaro bilan bo’lgan suhbat davomida unga jazoni yengillashtirish shartlari tushuntirildi.
Sektor rahbarining tashabbusi bilan "Katta Boltako’l" qabristonida tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ishtirokida obodoshlashtirish ishlari boshlangan edi. Qabriston hududi to’liq tozalanib, atrofiga ko’chat ekish ishlari yakunlandi.
Sektor rahbarining tashabbusi bilan Quvurboshi MFYda "Temir daftar” va “Ayollar daftari”da ro’yxatda turuvchi fuqarolarga Navro’z bayrami tashkil etilib, ularga bayramona kayfiyat ulashildi.
Sektor rahbarining amaliy yordami bilan Kichik Beshkapa MFYda bo’sh turgan bino-inshootlar tadbirkorga foydalanish uchun berildi.
Joriy yilda bo’lib o’tadigan prezident saylovi munosabati bilan sektor rahbari tuman xokimligi binosida saylov uchastkalarini xatlovdan o’tkazish uchun tuzilgan ishchi guruh a'zolari bilan uchrashib, ularga aniqlangan kamchiliklar bo’yicha belgilangan muddatlarda axborot berib borishlari to’g’risida topshiriq berdi.
Qo’shtepa tuman 2-sektor shtabi.