Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAVSUMNI TIZIMLI TASHKIL ETISH YUZASIDAN TAVSIYALAR BERILDI

×

 2021-03-17 19:51:50    185

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo’shtepa tumanidagi “Yoshlar markazi”da Farg’ona viloyati hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari A.Tursunov rahbarligida 2021 yil hosili uchun pilla yetishtirish hamda ipak qurti boqishni tizimli yo’lga qo’yish maqsadida tuman hokimining o’rinbosarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari hamda ularning xotin-qizlar masalalari bo’yicha o’rinbosarlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.


Yig’ilishda viloyat hokimining o’rinbosari A.Tursunov tomonidan ipak qurti boqish istagini bildirgan fuqarolar bilan shartnomalar tuzish ishlarini yakunlash hamda mavsumni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko’rsatma va tavsiyalar berildi. 


Shuningdek, yig’ilish so’ngida tumanda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, ularni bandligini ta'minlash hamda tadbirkorlikka yo’naltirish yuzasidan “Ayollar daftari”ni shakillantirishda bevosita faollik ko’rsatgan mahalla fuqarolar yig’inlari raislarining xotin-qizlar masalalari bo’yicha o’rinbosarlariga tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram