Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 119 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT”

×

 2021-03-17 17:18:52    180

PDF yuklash
Chop etish



 “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostida turli oqimlarga qarshi xalqimizda, ayniqsa yoshlarda immunitet shakllantirish yuzasidan Qo’shtepa tumanida uchrashuvlar va targ’ibot-tashviqot tadbirlari olib borilmoqda.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tuman bo’linmasi tashabbusi bilan mana shunday tadbirlar bosqichma-bosqich o’tkazib kelinmoqda. Tashkil etilgan tadbirlarda tuman hokimligi, hamkor tashkilot rahbarlari, imom xatiblar ishtirok etmoqdalar.       


“Jaholatga qarshi ma'rifat” mavzusidagi ochiq muloqot bugun 2-IDUMIda bo’lib o’tdi. Tadbirda Qo’shtepa tumani hokimi o’rinbosari A.Yusupov, tuman hokimi maslahatchisi U.Xolmatov, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari N.Otabekov, “Mo’yi Muborak” masjidi imom xatibi T.Erbo’tayev hamda tuman Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining Ma'naviy ma'rifiy ishlar bo’yicha mas'ul xodimlari, umumiy o’rta ta'lim maktablarining Yoshlar yetakchilari hamda ma'naviy ma'rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari ishtirok etdilar. 


Tadbir davomida ota-onaga hurmat, odob-ahloq qoidalari, yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va turli diniy yod g’oyalarni oldini olish va uning salbiy oqibatlari haqida o’quvchilarga tushunchalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram