Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“MENING MAHALLAM - MENING SUDYAM”
2021-03-17 16:45:35 388
Qo’shtepa tumanidagi “Nurafshon”, “Yo’ldoshobod”, “Oqtepa”, “Kattabeshkapa” va “Shodlik” mahalla fuqarolar yig’ini binosida Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan “Mening mahallam – mening sudyam” g’oyasi asosida sayyor uchrashuv o’tkazildi.
Sayyor uchrashuvda mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar o’zlarini qiynab kelayotgan muammolar hamda qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi.
Uchrashuv davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham tushuntirish berildi. “Ayollar daftari”ga hisobga olingan xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ularga samarali va amaliy huquqiy yordam ko’rsatildi.
Mazkur davra suhbati va sayyor qabulda huquqiy yordamga muhtoj “Ayollar daftari”dagi 29 nafar ayollar qabul qilinib, ularga huquqiy tushuntirishlar berilib, huquqiy yordam ko’rsatildi.
X.BOYNAZAROV,
Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi.