Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

×

 2021-03-17 16:00:52    152

PDF yuklash
Chop etish



2021 yil 18 fevral kungi “O’zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-675-son Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati

I. Qonunning maqsadi.

Qonunning maqsadi tergov ishlarini yuritishda ko’rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo’yish, jinoyat ishi bo’yicha dastlabki eshituv hamda aybga iqrorlik to’g’risidagi institutlarni joriy qilish, jinoyat ishida himoyachi ishtirok etishi shart bo’lgan holatlarni kengaytirishdan iborat.

  II. Qonunning mazmuni va mohiyati.

Jinoyat ishlari bo’yicha aybga iqrorlik to’g’risida kelishuv joriy qilindi.

Qonun bilan Jinoyat protsessual kodeksiga kiritilgan qo’shimchalarga ko’ra:

·       Ko’rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo’yish;

·       Jinoyat ishi bo’yicha dastlabki eshituv;

·       Aybga iqrorlik to’g’risida kelishuv institutlari joriy qilindi.

Ko’rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo’yish – guvoh va jabrlanuvchini ishni sudga qadar yuritish bosqichida prokurorning iltimosiga ko’ra so’roq qilish bo’lib, u sud tomonidan amalga oshiriladi.

Guvoh va jabrlanuvchini ob'ektiv sabablarga ko’ra keyinchalik so’roq qilish mumkin bo’lmay qoladigan hollarda, ularning ko’rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo’yilishi mumkin.

Jinoyat ishi bo’yicha dastlabki eshituv – jinoyat ishini to’xtatib turish, tugatish, birlashtirish, ayblov dalolatnomasi yoki xulosasini, tibbiy yo’sindagi majburlov chorasini qo’llash to’g’risidagi qarorni prokurorga yuborish hamda nomaqbul dalillarni chiqarib tashlash uchun asoslar mavjud bo’lgan taqdirda o’tkaziladi.

Dastlabki eshituvni o’tkazish davomiyligi 10 sutkadan oshmasligi kerak.

Aybga iqrorlik to’g’risida kelishuv–o’ta og’ir jinoyat hisoblanmaydigan jinoyatlar bo’yicha aybiga iqror bo’lgan, jinoyatni ochishga ko’maklashgan va zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan prokuror bilan tuziladigan kelishuv.

Jinoyat ishida himoyachi ishtirok etishi shart bo’lgan holatlar kengaytirildi:

·       shaxs amalda ushlangan yoki uni ushlash bilan bog’liq tezkor – qidiruv tadbiri yakunlangan paytdan boshlab, u bilan bog’liq protsessual harakatlar amalga oshirilgunga qadar himoyachi bilan xoli uchrashishi ta'minlandi;

·       tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiruvchi organlar tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan arizalar, tushuntirishlar va ko’rsatuvlar olish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud'yaning yozma ruxsatiga asosan faqat himoyachi ishtirokida amalga oshiriladi (himoyachidan voz kechilgan hollar bundan mustasno).

Shuningdek, Jinoyat protsessual kodeksga kiritilgan o’zgartirishlarga ko’ra ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan paytdan e'tiboran ko’pi bilan 48 soatni tashkil etadi (ilgari ushbu muddat shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organga keltirilgan vaqtdan boshlab hisoblangan).

Himoyachi ishtirok etishi shart bo’lgan holatlar toifasiga quyidagilar kiritildi:

·       dastlabki eshituv o’tkazilayotgan ishlar;

·       o’ta og’ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlar;

·       shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash masalasi ko’rib chiqilayotgan;

·       aybiga iqrorlik to’g’risida kelishuv tuzilgan ishlar.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo’shimchaga ko’ra, aybga iqrorlik to’g’risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo’yicha jazo belgilangan eng ko’p jazoning yarmidan oshmagan holda tayinlanadi.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

Avazjon ERGAShEV,

jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudining raisi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram