Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 115 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAR KUNIMIZ NAVRO’Z BO’LSIN! (FOTO LAVHA)

×

 2021-03-17 15:47:50    195

PDF yuklash
Chop etish



Qishning ayozli kunlari ortda qolib, ko’kda charaqlagan quyosh nuri bahorni, Navro’zni sog’inganimizdan darak berdi. Chunki Navro’z barchamiz uchun sharqona yangi yil debochasi, ma'naviyatimizning uzviy qismiga aylanib ketgan eng qadimiy, asl milliy bayram sifatida aziz va mo’'tabardir.

Yurtimizda har yili Navro’zi olam o’zgacha shukuh hamda ko’tarinki kayfiyat bilan kutib olinadi. Bizning Navro’zimiz shunday beg’ubor, go’zal va mehrli bayramki, unga ko’ngling talpinaveradi.

Go’zal milliy qadriyatlarimizga tayangan holda bugun Qo’shtepa tumanida Navro’z shodiyonasi bo’lib o’tdi. Koronavirus pandemiyasi inobatga olingan holda ushbu tadbir G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’inida ochiq havoda bo’lib o’tdi.


Tuman hokimligining tashabbusi bilan tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi hamda “Dehqon bozori” MChJ hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tumanimizdagi 51 ta mahalla fuqarolar yig’inidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 120 nafar ayollar ishtirok etdilar.

Ayollarimizni Navro’z bayrami bilan qutlash maqsadida tadbirga tuman hokimi va sektor rahbarlari ham tashrif buyurdilar. 


– Sizlarni, oila a'zolaringizni bahor va yangilanish ayyomi – Navro’z bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! – deydi tadbirda so’z olgan tuman hokimi I.Novikov. – Bayram shukuhi, bahor nafasi va Vatanimizning nurafshon olami Sizlarga hamisha hamroh va madadkor bo’lsin. Har kunimiz – Navro’z bo’lsin. Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’lsin!


Tuman hokimi I.Novikov ayollarimizga o’zining samimiy tilaklarini bildirgach davradagi barcha ayollarimizga bayram tuhfalari ulashildi.


Tadbir ishtirokchilariga ochiq havoda to’kin dasturxon yozilib sho’rva, osh tortildi. 


Tuman madaniyat markazi xodimlari tomonidan sho’x ko’y-qo’shiqlar ijro etilib, ayollar miriqib xordiq chiqardilar.



– Men Qorajiyda mahalla fuqarolar yig’inida yashayman – deydi suhbatdoshimiz Hayotxon Yo’ldosheva. – Mahalladagi boquvchisini yo’qotgan ehtiyojmand ayollar toifasida “Ayollar daftari”ga kiritilganman. Bugungi tadbirga taklif qilinganligimdan juda hursandman. Bu yerda bizga ko’rsatilayotgan iltifotdan, ulashilgan sovg’a-salomlardan boshimiz osmonga yetdi. Buning uchun eng avvalo yurtboshimizga va hokimlarimizga tadbirda qatnashayotgan barcha ayollar nomidan minnatdorchilik bildiraman.

Aytishlaricha, yil boshi – Navro’z oldidan qilingan yaxshi niyat, albatta, ijobat bo’ladi. Shunday ekan, bugungi davrada qilingan ezgu tilaklarga biz ham qo’shilamiz.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram