Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OCHIQ VA SAMIMIY UCHRASHUV
2021-03-17 09:37:26 156
Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikovning “Hokim va yoshlar” loyihasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvi Soybo’yi mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 40-umumta'lim maktabida bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi ushbu mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi.
“Hokim va yoshlar” uchrashuvida Qo’shtepa tumani Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev va huquq-tartibot idoralari xodimlari ham ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari bilan tanishgan I.Novikov Prezidentimiz rahnamoligida tumanimizda olib borilayotgan keng ko’lamli o’zgarishlar, yangilanishlar, kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida batafsil ma'lumot berdi.
Ochiq va samimiy ruhda o’tgan uchrashuvda yoshlarga taalluqli barcha dolzarb masalalar keng va to’laqonli qamrab olindi.
Yoshlar o’zlarini qiziqtirgan masalalar, yangi g’oya va tashabbuslari, tashvishga solayotgan muammolari yuzasidan tuman hokimiga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilib, savollariga javob olishdi.
Uchrashuv davomida tuman hokimi tomonidan yoshlarning muammo va takliflarini ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilangan xolda tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga topshiriqlar berildi. Shuningdek, sportning taekvando turi bo’yicha yuqori natijalarga erishayotgan 40-umumta'lim maktabining 2 nafar o’quvchilariga tuman hokimligining faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari topshirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.