Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUROJAAT VA NATIJA

×

 2021-03-16 19:05:37    228

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov ishtirokida hududlarda muntazam ravishda “Hokim va yoshlar uchrashuvi” mavzusida ochiq muloqotlar o’tkazib kelinmoqda. Muloqot chog’ida yoshlar hokim bilan yuzma-yuz uchrashib, o’zlarining mummolari bilan ishtirok etmoqdalar. O’z navbatida yoshlarning muammolari tuman hokimi tomonidan nazoratga olinmoqda.

Mana shunday ochiq muloqotlarning biri joriy yil 19 fevral kuni Oqtepa MFYdagi 13-umumta'lim maktabida bo’lib o’tgan edi. O’sha uchrashuvda Qumtepa MFY, Latif ko’chasi 111-uyda yashovchi Laylo Jabborova 33-umumta'lim maktabida tashkil etilgan sport zalidan doimiy foydalanishga ruxsat berish masalasida murojaat qilgan edi. 


Laylo Jabborovaning murojaati o’sha kuni ijobiy hal etilib, tuman hokimi I.Novikov tomonidan nazoratga olingan edi.

Mana, oradan hech qancha vaqt o’tmay Laylo Jabborova 33-umumta'lim maktabining sport zalida o’quvchilar uchun to’garak mashg’ulotlarini boshlab yubordi. 


Tuman hokimi I.Novikov 33-umumta'lim maktabining sport zalida bo’lib, Laylo Jabborova tomonidan yo’lga qo’yilgan to’garak faoliyati bilan tanishdi. Sport zalida o’quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va to’garakda olib borilayotgan mashg’ulotlar bilan yaqindan tanishib, darsdan bo’sh vaqtlarida sport bilan muntazam shug’ullanayotgan o’quvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan o’zining takliflarini ham berib o’tdi.

   Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram