Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAHOLATGA QARSHI – MA'RIFAT ZARUR

×

 2021-03-16 17:59:53    266

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanidagi umumiy o’rta ta'lim maktablarida “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostida o’quvchi-yoshlar bilan uchrashuvlar, madaniy-ma'rifiy tadbirlar o’tkazib kelinmoqda.

Unda dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g’oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyati, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, «ommaviy madaniyat» va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g’oyaviy kurash olib borishga oid davra suhbatlari uyushtirilyapti.


Jumladan, bugun tuman hokimining maslahatchisi U.Xolmatov, tuman bosh imom-xatibi A.Axmadaliyev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tuman bo’linmasi rahbari N.Otabekov hamda huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida 45-umumiy o’rta ta'lim maktabida ana shunday ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.


Tadbir davomida ota-onaga hurmat, odob-ahloq qoidalari, yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va turli diniy yod g’oyalarni oldini olish va uning salbiy oqibatlari haqida o’quvchilarga tushunchalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram