Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUAMMOLAR YECHIMIGA E'TIBOR QARATILDI

×

 2021-03-16 17:22:49    227

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi qabuli bo’lib o’tdi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, tumanimizda o’tkazilayotgan fuqarolar qabulida ham “mahallabay” ishlash tizimi joriy etildi.

Tuman hokimining qabuliga kelayotgan fuqarolarning mavjud muammolaridan eng avvalo mahalla fuqarolar yig’ini raislari xabardor bo’lishlari kerak. Shu maqsadda qabulda mahalla fuqarolar yig’inlari raislari ham ishtirok etmoqdalar. Ular qabul chog’ida o’z mahallasidan kelgan fuqarolar bilan birga ishtirok etib, ularning muammolari ijrosini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o’z nazoratiga olmoqdalar. 


Bugun bo’lib o’tgan qabulni Qo’shtepa tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha birinchi o’rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i A.Yunusov o’tkazdi.

Unda hokim o’rinbosarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev hamda aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.


Qabulda 50 nafardan ziyod fuqarolar o’z muammolari bilan qatnashdi. Fuqarolar tomonidan bolalar puli va moddiy yordam ajratish, bandlik, bank, tadbirkorlik, kadastr bilan bog’liq va shu kabi boshqa masalalar bo’yicha muammolar aytildi.

Qabul chog’ida muammolar birma bir tinglandi va yechimiga e'tibor qaratildi. Aksariyat murojaatlar shu yerning o’zidayoq tegishli tashkilotlarga ijro uchun yo’naltirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram