Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRKORLAR QABULI
2021-03-16 13:08:01 188
Qo’shtepa tumanidagi Bosh vazir qabulxonasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish istagida bo’lgan fuqarolarni qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlarini ko’rib chiqish va muammolarini o’z vaqtida bartaraf etish maqsadida tuman hokimi I.Novikov tadbirkorlarni qabul qildi.
Qabul davomida 21 ta tadbirkorlar ishtirok etdi. Yo’llangan murojaatlarning 16 tasini joyida hal etish choralari ko’rildi. 5 tasi qabulxona tomonidan ro’yxatga olinib, muddat talab etilganligi bois 7 kun muddatga vakolatli davlat tashkilotlariga ko’rib chiqish uchun yo’naltirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.