Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2-SEKTOR XABARLARI

×

 2021-03-16 09:17:50    252

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodov tuman maktabgacha ta'lim bo’limi tasarrufidagi davlat xususiy sherikchilik shaklidagi "Ko’zmunchoq" nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’ldi. Tashrif davomida tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, bola qamrovi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini o’z vaqtida yetkazib berilishi bilan tanishib, tashkilot rahbariga qo’shimcha bola jalb qilish bo’yicha ko’rsatma berib o’tdi.


Sektor rahbari M.Shomurodov Vatan MFY, Farovon ko’chasida yashovchi "Ayollar daftari"da ro’yxatda turuvchi huquqiy maslahat olishi lozim bo’lgan fuqaro O.Shokirova bilan uchrashib, uning muammolarini tingladi. Bo’lib o’tgan suhbatdan so’ng O.Shokirovaning aliment olish bilan bog’liq muammosi hal etildi.


Sektor rahbari Vatan MFY, Parvoz ko’chasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi A.Fozilovning xonadonida bo’lib, tashkil etilgan issiqxonaning imkoniyatlarini ko’zdan kechirdi. Sektor rahbari fuqaroga imtiyozli kredit asosida qo’shimcha issiqxona tashkil etishi bo’yicha o’zining takliflarini bildirdi.


✅  Bundan tashqari, sektor rahbari Vatan MFY, Nokzor ko’chasida yashovchi notinch oila hisoblangan M.Yakubovaning xonadonida ham bo’lib, suhbat davomida fuqaroning oilasidagi muammolarni o’rgandi.


Shuningdek Vatan MFY, Tolzor ko’chasida yashovchi profilaktik hisobda turuvchi T.Asqarovning xonadoniga IIB xodimlari bilan birga tashrif buyurdi. Suhbat davomida fuqaroga jazosini yengillashtirish shartlari haqida tushuncha berildi.


Sektor rahbarining tashabbusi bilan tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ishtirokida Vatan MFYdagi "Katta Boltako’l" qabristonida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Sektor rahbarining amaliy yordami bilan Vatan MFYda yashovchi fuqarolar uchun rejadan tashqari 6 tonna arzonlashtirilgan un mahsulotlari yetkazib berildi.

Qo’shtepa tuman 2-sektor shtabi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram