Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUSIQA ASBOBLARI VA SPORT ANJOMLARI O’Z EGALARIGA YETIB BORDI

×

 2021-03-15 19:06:43    168

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 33-umumta'lim maktabida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov ishtirokida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” mavzusida ochiq muloqot bo’lib o’tishi rejalashtirilgan edi. Ushbu tadbirga yana bir quvonchli tadbir ulanib ketdi.

Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusni hayotga tatbiq etib, viloyatimizdagi maktablarga musiqa asboblari, sport jihozlari yetkazib berish tashabbusi bilan chiqqan edilar.

33-umumta'lim maktabida o’tkazilayotgan “Hokim va yoshlar uchrashuvi” avvalida viloyat hokimi tomonidan Qo’shtepa tumanidagi maktablarga ajratilgan musiqa asboblari va sport jihozlarini egalariga topshirish marosimi bo’lib o’tdi.


Ushbu tadbirda viloyat hokim o’rinbosari F.Qosimov, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig’i F.Soxibovalar ishtirok etdilar.


 – Viloyat hokimi tashabbusi bilan maktablarga 1,5 mlrd. so’mlik musiqa asboblari, 7 mlrd. so’mlik sport jihozlari ajratildi, – dedi viloyat hokimi o’rinbosari F.Qosimov. – Bugun ushbu musiqa asboblari va sport anjomlarini Qo’shtepadagi o’z egalariga topshirgani keldik.


Viloyatimizdan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida viloyat hokimi X.Bozorov tomonidan tumanimizdagi maktablarga yuborilgan musiqa asboblari va sport jihozlari egalariga tantanali ravishda topshirildi.

“Hokim va yoshlar uchrashuvi” da tuman hokimining o’rinbosarlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda mas'ul korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. 

Ushbu ochiq muloqot yoshlarning fikri hamda ularning hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar, ularning e'tirozlariga va murojaatlariga sabab bo’layotgan omillarni bartaraf etish maqsadida tashkil etildi.


Tadbirda so’z olgan tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlarga berilayotgan e'tibor, ularni talab va takliflarini ro’yobga chiqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida gapirib o’tdi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlarni bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka yo’naltirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan olib borilayotgan isloxotlarga ham to’xtaldi.


Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov boshchiligida sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlarning mutasaddilari ishtirokida yoshlar bilan muloqot doimiy ravishda yo’lga qo’yib kelinmoqda. Ushbu muloqotlar chog’ida yoshlarning murojaatlari, muammo va takliflari o’rganilib, imkon qadar shu joyning o’zida tegishliligi bo’yicha bartaraf etishga, yechim topishga erishilmoqda.

Ochiq va samimiy o’tgan muloqotda Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inidagi yoshlar o’zlarining kredit olish, tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish, ishga joylashish kabi muammolarini tuman hokimiga yetkazdilar.

Muloqot davomida yoshlarning murojaatlariga asosli tushuntirishlar berildi hamda o’rganish va natijalarini ma'lum qilish uchun tuman hokimining o’rinbosari va mas'ullarga topshiriqlar berildi.


Shuningdek, maktabning ilm-fanda va sportda yaxshi natijalarga erishayotgan o’quvchilariga tuman hokimligining faxriy yorlig’i hamda esdalik sovg’alari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram