Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KONSTITUTSIYAMIZDAGI JIDDIY O’ZGARTISHLAR
2021-03-15 12:12:21 155
Bugungi kunda sud-huquq sohasida davlatimiz tomonidan islohotlar izchil ravishda olib borilmoqda.
Bu borada O’zbekiston Respublikasining “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 24.07.2020 yildagi PF-6034-sonli Farmoni, shuningdek mazkur Farmon ijrosi yuzasidan O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 8 fevral kuni qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartishlar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-671-sonli Qonuni asosida asosiy qomusimiz bo’lmish Konstitutsiyaga jiddiy o’zgartirishlar kiritildi.
Unga misol tariqasida O’RQ-671-sonli Qonunga binoan Konstitutsiyamizning 107-moddasi 1 - qismini aytadigan bo’lsak, uning quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilandi: “O’zbekiston Respublikasida sud tizimi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo’yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma'muriy sudlardan iboratdir”.
Bu O’zbekiston Respublikasi sud tizimining tarkibiy tuzilishidagi jiddiy o’zgarish hisoblanib, biz buni xalq farovonligi, yurt tinchligi yo’lida tashkil etilgan mustahkam bir sud qo’rg’oni sifatida aytib, fuqarolarning xuquqlari va manfaatlari himoyasining mustahkam tayanchi yaratilganligidan dalolat berishi va huquqiy demokratik davlat qurilishi yo’lidagi islohotlarning muhim belgilari sifatida baholashimiz mumkin.
F.Obidov,
Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudi devonxona mudiri, J.Zokirov,
Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudi sudya yordamchisi.