Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI QISQA SATRLARDA

×

 2021-03-13 20:05:37    104

PDF yuklash
Chop etish



Yaqinlashib kelayotgan “Navro’z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish hamda bayram arafasida jamaot tartibini saqlash bo’yicha tuman hokimi I.Novikov ishtirokida yig’ilish o’tkazildi. Bayramga munosib tayyorgarlik ko’rish va yuqori saviyada o’tkazish, favqulodda holatlarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda hal etish maqsadida, tuman hokimi tomonidan Qayrag’och mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi. Qabulda 8 nafar fuqarolar ishtirok etishdi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarning 1 tasi joyida hal etildi. 2 ta murojaatga asosli tushuntirishlar berildi. 5 ta murojaatni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilangan holda tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga topshiriqlar berildi.


Tuman hokimi Qayrag’och mahalla fuqarolar yig’inida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 10 nafar kam ta'minlangan ehtiyojmand oilalar xolidan xabar oldi. Ularga “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.


Sektor rahbari Xalq ta'limi tasarrufidagi 12-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari hamda qo’shimcha fan to’garaklari faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, ta'lim muassasasi bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tumanda ommaviy sportni rivojlantirish hamda yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 1-sonli kasb-hunar maktabida sportning boks turining 12 ta vazn toifasi bo’yicha tuman hokimi kubogi o’tkazildi. Tadbirda tuman hokimi I.Novikov ishtirok etib, musobaqa g’oliblariga esdalik sovg’alari va diplomlarni topshirdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram