Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPADA “HUQUQIY AXBOROT KUNI”
2021-03-12 23:46:58 176
Farg’ona viloyati hokimining 2020 yil 15 fevraldagi 65F-sonli farmoyishiga asosan Qo’shtepa tumani adliya bo’limining tashabbusi bilan 4 sektor hududidagi Qo’rg’oncha mahalla fuqarolar yig’inida aholiga yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va ahamiyatini, bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini tushuntirish hamda bepul huquqiy maslahatlar berish maqsadida “Huquqiy axborot kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda DXM va FXDYo xodimlari, xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius I.Xomidov va boshqa mas'ul idora xodimlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan tadbirga tashrif buyurgan 100 dan ortiq fuqarolarga sohalar bo’yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.