Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAYYOR SESSIYA BO’LIB O’TDI

×

 2021-03-12 22:17:02    233

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining o’ttiz to’rtinchi sayyor sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishida tuman hokimining tegishli o’rinbosarlari, sektor rahbarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.


Bo’lib o’tgan sayyor sessiyalarning kun tartibiga ikkita masala:

1. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning

2021 yil 4-5 fevral kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida og’ir ijtimoiy holatdagi fuqarolar yig’ini sifatida belgilangan Qo’shtepa tumanidagi G’ishtmon, Istiqbol, Do’rmon, Langar, Yangiariq MFYlarda istiqomat qilayotgan ayollarga daromad manbaini yaratish va bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili hamda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo’l xarita”ni tasdiqlash haqida”.

2. “G’ishtmon, Istiqbol, Do’rmon, Langar, Yangiariq MFYlarda 2020 yilda va 2021 yilning o’tgan shu davrida sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik tahlili, sodir etilish sabablari hamda ularni oldini olish borasida ko’riladigan choralar haqida” kiritildi.

Sayyor sessiya dastlab G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tdi. Sessiyani tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I.Novikov olib bordi va mahalla fuqarolar yig’inining ijtimoiy – iqtisodiy rivojalantirish borasida olib boriladigan ishlar tahlili yuzasidan axborot berdi.

– “G’ishtmon” MFY hududida Mahallabay uyma-uy yurish jarayonida mahallada mavjud 740 ta xonadonlardan bugungi kunga qadar 735 ta (99,3%) xonadonlar xatlovdan o’tkazildi – deydi I.Novikov. – Xatlov jarayonida kasb-hunar o’rganish istagida bo’lgan 135 nafar fuqarolar quyidagi,

- Tikuvchilik –                                          70 nafar;

- Ayollar va erkaklar sartaroshi –                  1 nafar;

- Chilangarlik (slesar, santexnik) –                 4 nafar;

- Elektrik –                                              3 nafar;

- Avtomobillarni ta'mirlash ustasi – 10 nafar;

- Qandolatchilik –                                    8 nafar;

- Qurilish ustasi –                                  16 nafar;

- Boshqa yo’nalishlarda esa –                            20 nafar fuqarolar

toifalarga ajratildi.

 

Tadbirkorlik qilish istagini bildirgan fuqarolar soni

113 nafarni tashkil etadi. Jumladan,

- Ishlab chiqarish sohasida –                               14 nafar;

- Xizmat ko’rsatish sohasida–                   7 nafar;

- Xunarmandchilik sohasida–                             5 nafar;

- Savdo sohasida–                                      3 nafar;

- Tikuvchilik sohasida–                             14 nafar;

- Chorvachilik sohasida–                                       18 nafar;

- Issiqxona sohasida–                                38 nafar;

- Boshqa qishloq xo’jalik loyihalari esa – 14 nafarni tashkil qiladi.

Shuningdek G’ishtmon mahalla fuqarolar yig’inida quyidagi yo’nalishlarda kamchiliklar mavjud, xususan:

 

- Mahallada ichki yo’llarning ahvoli qoniqarsiz;

- Yurish va yugurish yo’laklari mavjud emas;

- Ichimlik suvi ta'minoti 22 % ta'minlangan holos;

- Tungi yoritish chiroqlari mavjud emas;

- Elektr energiyasi bilan ta'minlanish darajasi qoniqarsiz;

- 14-umumta'lim maktabining Badish qishlog’idagi filiali o’quv jihozlariga muhtoj;

- 28-MTT mukammal ta'mir hamda qo’shimcha bino qurishga muhtoj;

- MFY uzumchilik va dehqonchilikka ixtisoslashgan bo’lib, mineral o’g’itlar hamda o’simliklarni kimyoviy himoya qilish dori vositalari savdo shahobchasi yetishmaydi.

Yuqoridagi kamchiliklardan kelib chiqib quydagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

- Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash maqsadida 1,2 km tarmoq tortish, 1 dona tik suv qudug’i o’rnatish;

- Ma'naviyat ko’chasiga 1 ta yangi transformator o’rnatish. Ibn Sino, Ohang, Nafosat, Badish ko’chalaridagi 4 ta transformatorlarni mukammal ta'mirlash, Bunyodkor ko’chasidagi 62 dona eski simyog’ochlarni temir-beton tayanchlarga almashtirish;

Mahalladagi yaroqsiz holga kelib qolgan Badish, Yangiariq, Manaviyat Nafosat, Oxang, Bunyodkor, Ibn Sino ko’chalariga 1,3 km shag’al-qum aralashmasi (ShPS) hamda Ma'naviyat, Bunyodkor, Badish, Ohang ko’chalariga 0,8 km asfalt yotqizish.

- Gaz ta'minotini yaxshilash maqsadida 10 ta xonadonlarni suyultirilgan gaz ballon bilan ta'minlash;

- 14-umumta'lim maktabining Badish qishlog’idagi filialini o’quv jihozlari bilan ta'minlash;

- Maktabgacha ta'lim sohasini yaxshilash maqsadida 28-sonli maktabgacha ta'lim muasasasini mavjud binosini mukammal ta'mirlash hamda

90 o’rinli qo’shimcha bino yangidan qurish;

- MFY binosi, QVP, tashkiloti yuqori internet tarmog’i bilan ta'minlash maqsadida optik tolali 6 km uzunlikda tarmoq tortish.


Tuman hokimining axborotidan so’ng tuman Kengashi deputatlari tomonidan mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha tayyorlangan yo’l haritasi bir ovozdan tasdiqlandi.


Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan tuman Ichki ishlar bo’limi boshlig’i S.Abdullayevning axboroti tinglandi.


Sayyor sessiyalar Istiqbol, Do’rmon, Langar, Yangiariq mahalla fuqarolar yig’inida ham bo’lib o’tdi. Ushbu sessiyalarni tuman hokimi I.Novikov olib bordi.

Sessiyalar davomida ko’rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram