Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
G’O’ZA QATOR ORALARIDA SOYA EKILADI
2021-03-05 22:42:47 196
Barchamizga ma'lumki Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 20-21 may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Oltinko’l tumanidagi «Ko’hna vodiy bahori» fermer xo’jaligi faoliyati bilan tanishib, g’o’za qator oralariga soya ekish bo’yicha Andijon tajribasini yaratish taklifini bergan edi. Andijonda g’o’za qator oralarida soya yetishtirish bo’yicha olib borilgan ishlar samarali natija berdi. Davlatimiz rahbarining taklifi mazkur yo’nalishdagi ishlar ko’lamini yanada kengaytirishga yo’l ochib berdi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, g’o’za va soyani birdaniga ekish tuproq unumdorligini oshirish, qo’shimcha don, toza o’simlik moyi olish, shu bilan birga g’o’zaning ma'danli o’g’itlarga bo’lgan talabini kamaytirish, tuproqda ekologik toza muhit yaratish va organik mahsulotni yuzaga keltirish imkonini berar ekan.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Sh.G’aniyev rahbarligida 2021 yil 13 fevralda bo’lib o’tgan qishloq xo’jaligi masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqqa asosan viloyatimizda g’o’za qator orasiga hamkor ekin sifatida soya ekini joylashtirish topshirig’i berilgan edi.
Ushbu topshiriqdan kelib chiqib, Qo’shtepa tumani hokimligining majlislar zalida Qishloq xo’jaligi vazirining o’rinbosari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda tuman hokimining qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari, mas'ul bo’lim va tashkilot rahbarlari, fermer va dehqon xo’jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig’ilishni tuman hokimi I.Novikov olib bordi.
Tadbir ishtirokchilari bilan soya urug’i va tayyor mahsulotni xarid qilish bo’yicha shartnoma tuzish ishlarini qay tartibda tashkil etilganligi hamda soya ekishning afzalliklari haqida suhbat olib borildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.