Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 266 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR – KELAJAGIMIZ VA ISTIQBOLIMIZ POYDEVORI

×

 2021-03-02 16:37:55    521

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlar – har qanday jamiyatning ertasi. Ular tom ma'noda, O’zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hisoblanadi. Zero, yangi O’zbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoridir.

Mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, ularni yuksak ma'naviyatli, zukko, bilimdon, yurt taqdirini o’z zimmasiga olishga qodir avlod sifatida voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar muhayyo qilindi. Bundan oqilona foydalanayotgan ertamiz egalari o’z iste'dod va salohiyatini to’la namoyon etib, hamma sohada yuksak natijalarni qo’lga kiritishmoqda.

Qo’shtepa tumanida ham o’z iste'dod va salohiyatini to’la namoyon etib, hamma sohada yuksak natijalarni qo’lga kiritayotgan yoshlarimiz talaygina. “Yoshlar – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori” rukni ostida tumanimizdagi iste'dodli va salohiyatli yoshlarning faoliyatlari va ularni qo’lga kiritayotgan yuksak natijalari haqida sizlarni tanishtirib boramiz.

 ISTE'DOD YoSh TANLAMAYDI


Bugungi qahramonimiz shu kunga qadar viloyat, respublika va xalqaro ko’rik, tanlovlarda ishtirok etib faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan. U 2018-yilda Belorussianing Minsk shahrida bo’lib o’tgan "Kubok YEvropы" xalqaro konkursida ishtirok etib 1-o’rinni, 2020-yilda Moskvada bo’lib o’tgan «Salyut Talantov» xalqaro konkursida 1-o’rinni, 2020-yilda Polshada bo’lib o’tgan "Xalqaro madaniyat karvoni-2020" xalqaro konkursining 1-2 bosqichlarida ishtirok etib 1-o’rinni, 2020-yil Sank Peterburgda bo’lib o’tgan "Muzыkalnыy klondayk" xalqaro konkursida 1-o’rinni, 2020-yilda Moskvada bo’lib o’tgan «Yarkiye deti» xalqaro konkursida 1-o’rinni, huddi shu yili Italiyada bo’lib o’tgan «Dali’s Mustache» xalqaro konkursining 1-2-3 bosqichlarida ishtirok etib 1-o’rinni egallab supper final bosqichiga yo’llanma oldi va supper final bosqichida 1-o’rinni egalladi. 2020-yil so’ngida Toshketda bo’lib o’tgan "Sharq atirguli" xalqaro konkursida esa Gran Pri sovrindori bo’ldi.

Qiziq, mana shuncha ko’rik tanlovlarda ishtirok etib g’oliblikni qo’lga kiritgan kim ekan deb qiziqayapsizmi? Nazokatxon Komiljonova Qo’shtepa farzandi. U nafaqat tumanimiz va viloyatimizdagi, balki respublikamizdagi iste'dodli yoshlarimizdan biridir.


Nazokatxon 15 yoshda bo’lishiga qaramay, ijodda juda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Albatta bunday katta yutuqlar ortida uning qo’l mehnatlari turibdi. U bu yo’lni pog’onama pog’ona bosib o’tdi. Dastlab u tumanimizda va viloyatda bo’lib o’tgan musobaqalarda qatnashdi. Keyinchalik respublika va xalqaro ko’rik-tanlovlarda, konkurslarda ishtirok etib, yuzdan ziyod faxriy yorliq va diplomlarga sazovor bo’ldi.


5 yoshli Nazokatxon televizor ko’rib o’tirib multfilm qahramonlari suratini daftaga chizib qo’yardi. Qizaloqdagi talantni sezgan ota-onasi qo’llab-quvvatlash maqsadida rasm daftar va xil qalam olib berishdi. Ota-onaning o’z farzandiga bo’lgan e'tibori, undagi xohish va iste'dodni ilg’ay olishlari Nazokatxonning bugungi muvaffaqiyatiga sabab bo’ldi desak aslo mubolag’a bo’lmaydi.

Nazokatxon Komiljonova dastlab Qo’shtepa tumanidagi “Barkamol avlod” markazida, keyinchalik Bolalar musiqa va san'at maktabida tasviriy san'at yo’nalishida tahsil oldi. Shu bilan birga yuqorida aytib o’tganimizdek, ko’plab tanlovlarda ishtirok etib, o’z ustida ijod qildi va tasviriy san'atning eng yorqin na'munalarini yaratib, ulkan natijalarga erishdi.

Har bitta rassomni o’ziga yarasha yo’nalishi bo’lganidek, Nazokatxonning ham o’z uslubi va yo’nalishi bor. U tasviriy san'atning minatyura, natyurmord, manzara, portret janrlari ijod qilib kelmoqda. San'at asarlari 300 dan ortiq.

Uning orzusi tasviriy san'at yo’nalishi bo’yicha Oliygohga kirish, kelajakda mashxur rassom va san'atshunos bo’lish.


– Ko’plab xalqaro konkurslarda ishtirok etishni, ko’rgazmalarda o’z ijodiy ishlarim bilan qatnashishni xohlayman, – deydi Nazokatxon biz bilan bo’lgan suhbatda. – Vatanimiz go’zalligini, milliyligini, an'analarini va urf-odatlari aks ettirilgan ijodiy ishlarimni o’sha ko’rgazmalarda turishini niyat qilaman. Yana bir orzularimdan biri Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti savrindori bo’lishdir.

Nazokatxon Komiljonova bugungi kunda Farg’ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabining Dastgohli rangtasvir rassomi mutaxassisligi bo’yicha tahsil olmoqda. O’qish jarayonida bevosita ijodiy ishlar yaratmoqda. Uning eng katta ijodiy ishi milliyligimiz, urf-odatlarimiz aks ettirilgan “Ona va bola” asaridir. 



Nazokatxonni erishgan yutuqlariga, qo’lga kiritgan diplomlariga bevosita to’xtaladigan bo’lsak, albatta ular osonlikcha, o’z o’zidan bo’lgani yo’q. Mana shunday ulkan yutuqning ortida insonning zaxmati, mehnati va shu bilan birga o’z ustida tinimsiz ishlashi turibdi. 

Nazokatxonning muvaffaqiyatga erishishida uning oila a'zolarini xususan otasi Dilmurodjon Isoqovning o’rni beqiyos. Chunki ular tomonidan ko’rsatilgan to’g’ri yo’l, maslahatlar Nazokatxonni shu natijalarga yetishiga sabab bo’ldi.

Nazokatxonni faoliyatini yaqindan bilgan insonlar otasi Dilmurodjon Isoqovni uning ustozi deb o’ylashadi. Chunki ota qiziga doimo hamroh bo’ladi, qo’llab-quvvatlaydi.

Darhaqiqat, har bir ota-ona farzandining quvonchini, xatti-harakatlarini ko’rsa zavqlanadi. Shuning uchun Dilmurodjon doimo qiziga hamroh bo’ladi. Ustoz o’rnida bo’lib qolgan ota o’z fikrlarini doimo qizi bilan baham ko’radi. Eng yaqin insonini oldida dalda bo’lib turganini xis qilgan Nazokatxon esa yanada oldinga qarab intiladi va bu jarayon unga zavq bag’ishlaydi.



– Ota-ona farzandini doimo qo’llab-quvvatlashi kerak, – deydi Dilmurodjon Isoqov. – Xorijiy davlatlarni ham qizimni bahonasida ko’rdim. Farzandingizni yuqori shoxsuppalarda ko’rganingizda bolangizdan ko’ra ham siz ko’proq quvonar ekansiz. “1-o’rin Nazokatxon Komiljonova. O’zbekiston!!!” deganda sevinchim ichimga sig’may ketadi. Mana, bizni O’zbekistonda ham yevropalik yoshlar bilan tenglashadiganlar bor deb mamnun bo’laman. Men bu bilan nima demoqchiman, har bir ota-ona farzandiga befarq bo’lmasin. Balki uning farzandi beqiyos iqtidor va iste'dod egasidir.

Nazokatxon Belorussiyada o’tkazilgan "Kubok YEvropы" xalqaro konkursida eng yosh ishtirokchi bo’lib qatnashayotgan edi. O’zidan ancha yoshi kattalar bilan bellashayotganligi uni rossa xayajonga soldi. Shuning uchun faxrli o’rinni olishi xayolimga ham kelmadi. Taqdirlash marosimi kelganida esa o’sha hayajonlar yanada ortib ketdi. Chunki eng yosh ishtirokchi tanlovning g’olibi bo’ldi.

Dilmurodjon Isoqov har bir ota kabi farzandi haqida to’qinlanib, xayajonlanib gapirdi. So’zining oxirida esa ota-onalarni o’z farzandiga befarq bo’lmaslikka va ulardagi qobiliyatga, qiziqishga qarab yo’naltirishlarini yana bir karra ta'kidlab o’tdi.

Xulosa o’rnida shuni aytmoqchimanki, tumanimizda iste'dodli va salohiyatli yoshlar ko’payaversin, shunday yoshlarimiz orqali vatanimiz bayrog’i yuksaklarga doimo xilpirayversin!

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram