Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TIBBIYOT XODIMLARI BELLASHDILAR

×

 2021-03-01 14:26:57    123

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2020 yil 30 oktyabrdagi PF 6099-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Qo’shtepa tumani tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan bolalar va o’smirlar sport maktabida ayollar o’rtasida voleybol musobaqasi o’tkazildi. 


Musobaqadan oldin barcha ishtirokchilar bilan birga badantarbiya mashqlari bajarildi. Shundan so’ng qizg’in musobaqaga start berildi.

Tadbir davomida tuman Madaniyat bo’limi san'atkorlari tomonidan musobaqa ishtirokchilariga ko’tarinki kayfiyat ulashish maqsadida musiqali kontsert dasturi namoyish etildi.


Musobaqada 12 ta jamoa ishtirok etdi. Final bosqichida Shoshilinch tibbiy yordam bo’limi va Langar shifoxonasi xodimlari bellashib, Shoshilinch tibbiy yordam bo’limi jamoasi 1-o’rinni egalladi.

Musobaqa so’ngida 1-2-3 o’rinni egallagan jamoalar kasaba uyushma qo’mitasining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram