Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ZULFIYA – BAHOR VA MUHABBAT KUYCHISI
2021-03-01 09:22:32 678
1 mart - o’zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun. Har yili bahorning ilk kuni – yurtimizda ardoqli shoira Zulfiyaxonim tavallud ayyomi keng nishonlanadi.
MEN TUG’ILGAN KUN
Bugun mening tug’ilgan kunim,
Meni tuqqan onam, Siz qayda?
Bedor o’tib bormoqda tunim,
Bir og’riq bir qon, jonda, payda.
Tug’ilganman qaysi soatda,
Qancha muddat siz yegansiz dard?
Qiz tug’ilish dardi odatda
Bo’lgan ekan Sizda beshafqat.
Bugun mening tug’ilgan kunim,
To’lg’oqdagi holingiz ko’zda:
Kursi quchib kurashasiz jim,
Qotma jussa goh o’t, goh muzda.
Qora terda tanho boshingiz,
Labingiz — dasht jo’yagiday qoq.
Og’zingizga tiqib sochingiz,
Tanangizga solarlar to’lg’oq.
Besh bolangiz darcha ortida
Joningizni ko’rib o’tirgan,
Mening otam qo’shni otida
Kim qaylardan doya qidirgan?
Bor suyakni chok-chokdan so’kib
Ichingizga sig’may ketgan men,
Tanangizning tubida cho’kib,
Chehrangizga entikkan-da men.
Goh dard tutib, gohi u qochib
Ko’zingizdan sachratgan olov.
Faqat azob eshigin ochib,
Chekinishga qo’ygan bo’lsam g’ov.
Tomiringiz bo’ylab ezganim,
To’qqiz oyu to’qqiz kun uyg’oq.
Besh o’g’ilning izidanligim,
Sizlar intiq qizcha tug’ilmoq.
Yuzingizni ko’rishga shoshgan,
Ko’zingizga kirmoq bo’lganim!
Ko’ksingizga tashna lab chopgan,
So’zingizga mushtoq bo’lganim.
Balki tandan qonu yoshlikni
So’rmoqliqdan hijolatligim?
Yuragangiz bir quyoshlikni
Sezib, jonim rohatdaligim.
Go’zal qalbning tagida yotib,
Ezgu hissingizda jo’shganim.
Noyob idrok sehriga botib,
Uxloq she'rga shogird tushganim!
X,a, qoningiz, joningizdagi
Bir jahonni uqib olganim,
Barchasidan uzilish dardi
Yaqinlikdan qo’rqib qolganim —
Bari uchun, — jahannamiy dard
To’lg’og’iga otdim ne muddat? —
Men bilmayman!
Samoviy bir mard,
Jon tug’uvchi ilohiy qudrat —
Bo’lganingiz onlarga ta'zim!
Azob uchun umrimday uzr…
Barin takror etdim men o’zim,
Ona bo’lmoq — azobli huzur…
ZULFIYaXONIM
1972 yil