Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

×

 2021-02-27 18:59:56    194

PDF yuklash
Chop etish



“Jinoyat ishlari bo’yicha sud qarorlarini qayta ko’rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-664-sonli Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati

  I. Qonunning maqsadi.

Qonunning maqsadi “bir sud – bir instantsiya” tamoyili asosida sud qarorlarini qayta ko’rish tizimida yillar davomida to’planib kelingan muammolarni bartaraf etish, to’rt bosqichli sud instantsiyalari o’rniga uch bosqichli sud tizimi tashkil etilishi natijasida nazorat tartibida ko’rish instantsiyasini bekor qilish, odil sudlovni ta'minlashda fuqarolarni ortiqcha ovoragarchiliklardan asrash, birinchi instantsiya, apellyatsiya hamda kassatsiya instantsiyasi sudyalarining sud ishlarini ko’rishda ularning ma'suliyatini oshirish, ushbu instantsiyalarni isloh qilish, kassatsiyaning uchinchi instantsiya sudi sifatida belgilanishi natijasida sud qarorlarining qonuniyligi, asosligi va adolatligi bevosita undan norozi tomonning to’g’ridan-to’g’ri bergan shikoyati asosida ko’rilishiga erishish, sudlarda ishlarni nazorat tartibida ko’rib chiqish bo’yicha bir-birini takrorlovchi instantsiyalarni qisqartirishdan iborat.

II. Qonunning mazmuni va mohiyati.

Qonun bilan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o’zgartirishlarga ko’ra, ishlarni nazorat tartibida ko’rish instantsiyasi tugatildi.

Surishtiruvchi, tergovchi, sud majlisi kotibi ma'lum bir ishda qatnashganidan so’ng keyinchalik uni qayta ko’rib chiqish uchun surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritishda takroran ishtirok etishi, shuningdek sud majlisi bayonnomasini yuritishi mumkin.

Endilikda sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga nisbatan va e'lon qilingan ayblov bo’yicha olib boriladi (ilgari haqiqatni aniqlash maqsadida – ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan boshqa shaxslarga nisbatan olib borilgan).

Sudlanuvchini yangi ayblov bo’yicha jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini aniqlash endilikda sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga ko’ra ham amalga oshiriladi (ilgari ushbu tartib faqat prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining iltimosnomasiga ko’ra amalga oshirilgan).

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran ya'ni 2021 yil

13 yanvar kunidan kuchga kirdi.

  Avazjon Ergashev,

jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudining raisi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram