Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TA'LIM-TARBIYA SOHASIDA YANGI DAVR BOSHLANMOQDA

×

 2021-02-26 23:54:30    104

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining 33-sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishiga tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I.Novikov raislik qildi.


Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar va tashkilotlar rahbarlari, umumta'lim maktablari direktorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.


Kun tartibidagi 1-masala “Pandemiya davrida doimiy daromad manbaasini yo’qotgan, kam ta'minlangan, kambag’al oilalarni qo’llab-quvvatlash natijasida sektorlar hududidagi ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti yaxshilangan oilalarni ehtiyojmand oilalar ro’yxati (“temir daftar”)dan chiqarish” yuzasidan dastlab tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikovningaxboroti tinglandi.


Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan 2-sektor rahbari M.Shomurodov, Ichki ishlar bo’limi boshlig’i, 3-sektor rahbari S.Abdullayev, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i, 4-sektor rahbari Z.Mirzayevlar ham axborot berishdi.

Barchamizga ma'lumki, Prezidentimizning 2020 yil 6 noyabrdagi (PF-6108) «O’zbekistonning yangi rivojlanish davrida ta'lim va tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi» farmoniga ko’ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish tartibi hokimlar boshchiligidagi mahalliy xalq deputatlari kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilangan edi.

Bunga ko’ra:

·              hududiy xalq ta'limi boshqarmalari tomonidan ko’rsatilgan maktab direktorlarining bo’sh lavozimlariga nomzodlar tuman (shahar) kengashlari tomonidan tanlov orqali tanlanadi;

·              maktab direktori lavozimiga nomzodlar ushbu tanlovda o’zlarining maktablari faoliyatini keyingi uch yil ichida yuqori darajaga ko’tarish dasturi bilan qatnashadilar;

·              kengashlar tanlov natijalariga ko’ra eng yaxshi uch yillik dasturlarning ishlab chiquvchilarini tanlaydilar va tegishli lavozimlarga tayinlash uchun hududiy xalq ta'limi bo’limlariga topshiradilar;

·              kengash tomonidan tanlangan nomzodlar umumta'lim maktablari direktorlari lavozimiga hududiy xalq ta'limi bo’limlari tomonidan tayinlanadi;

·              yil oxirida umumta'lim maktablari direktorlari kengash va jamoatchilik vakillari oldida uch yillik dasturning bajarilishi to’g’risida hisobot berishadi, ushbu hisobot natijalariga ko’ra kengash o’z faoliyatini baholaydi.

Bugungi sessiyaga qo’yilgan 2-masala O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6108-son Farmonining 11-bandi ijrosi yuzasidan tumandagi 1-IDUMI, 39 va 42-umumta'lim maktablari direktorligiga nomzodlarni tasdiqlash to’g’risida” bo’ldi.

Sessiya kun tartibidan joy olgan maktab direktorligiga nomzodlarni tasdiqlash masalasi ilk marotaba ko’rilayotganligi uchun juda hayajonli va bahs-munozaralarga boy bo’ldi.


1-IDUMIga Hasanov Ilxomjon Jaloliddinovich va Raximov Azizbek Adxamovichlarning nomzodi qo’yilgan edi. Nomzodlardan biri Raximov Azizbek Adxamovich sessiyada ishtirok etmaganligi sababli nomzod Hasanov Ilxomjon Jaloliddinovich o’zining 3 yillik dasturi bilan tanishtirdi.

Deputatlar bir ovozdan 1-IDUMI direktorligiga Hasanov Ilxomjon Jaloliddinovichning nomzodini tasdiqladilar.


39-umumta'lim maktabi direktorligiga Usmonov Azamad Abdusalomovich va Kenjayev Turdali Ma'mirovichlarning nomzodlari qo’yilgan edi. Nomzodlarning 3 yillik dasturi bilan tanishgan deputatlarni tayyorlangan dasturlar qoniqtirmadi. Shu sababli nomzodlarning dasturlari deputatlar tomonidan rad etildi va keyingi sessiyaga qoldirildi. Endi har ikki nomzod ham navbatdagi sessiyagacha o’z ustida izlanishi va mukammal dasturlari bilan qatnashishlari kerak bo’ladi.  


42-umumta'lim maktabi direktorligiga Mirzayev Rahimjon Azamovich, Xomidov Javxarbek Jamoliddinovich, Xojimatov Abdumajid Mamadaliyevich, Tillaboyev Alijon Axmadovich, O’roqov Ilxomjon Axmadaliyevich, Mamadjonov Nodirjon Komilovichlarning nomzodlari qo’yilgan edi. Nomzodlarning dasturlari bilan tanishgan deputatlar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishib, savollariga tegishlicha javob oldilar. Ovoz natijalariga ko’ra, 42-umumta'lim maktabi direktori lavozimiga eng ko’p ovozni O’roqov Ilxomjon Axmadaliyevich oldi. 

Sessiya davomidaQonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi PF-6166-sonli farmoni ijrosi to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida” 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosi yuzasidan tuman “Yo’l xaritasi”ni tasdiqlash to’g’risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari qo’shma majlisi maslahat Kengashi a'zoligiga nomzodlarni ko’rib chiqish va tasdiqlash to’g’risida” hamda qishloq xo’jaligiga oid masalalar ham ko’rib chiqildi.

Qizg’in bahs va muzokaralarga boy tarzda o’tgan sessiya davomida mutasaddi idora rahbar va xodimlari hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Sh.Sharapov, A.Nabiyev, A.Abdumalikovlar o’zlarining taklif va mulohazalarini bildirib o’tishdi.


Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar to’liq ko’rib chiqildi va ushbu masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram