Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IMOM-XATIBLAR BILAN SUHBAT

×

 2021-02-25 13:00:43    124

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanidagi “Muborak” jome masjidida tuman bosh imom-xatibi A.Axmadaliyev hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tumani bo’linmasi rahbari N.Otabekovlar ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda tumanimizdagi masjidlarda faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar qatnashdilar.

Tadbirda tuman bosh imom-xatibi A.Axmadaliyev so’z olib, bugungi kunda Muhtaram yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, yurtimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarga, ayniqsa yoshlarmizga berilayotgan e'tibor va imkoniyatlar haqida gapirib o’tdi.

– Bu yilgi “Mohi ramazon” oyi ham yaqinlashib kelmoqda – deydi A.Axmadaliyev. – Bu oyda musulmonlarning xayru saxovati, mehr-muruvvati har qachongidan ko’ra jo’shib, himmatlari yuksalib, shijoatlari to’lqinlanib ketadi. Shuning uchun Ramazonda mo’min-musulmonlar orasidagi mehr-oqibat, ahillik, birodarlik, bag’rikenglik tuyg’ulari yanada mustahkamlanadi. Bizlar ham “Mohi ramazon” oyiga tayyorgarlik ko’rib, eng avvalo masjidlarimizni tozaligiga, namoz o’qish joylarimizni pokizaligiga e'tibor berishimiz kerak.

Tuman bosh imom-xatibi ramazon oyiga tayyorgarlik ko’rishda yuqoridagi jixatlarga e'tibor qaratilishi to’g’risida imom-xatiblarga topshiriq va ko’rsatmalar berib o’tdi.


Shundan so’ng tadbirda ishtirok etayotgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tumani bo’linmasi rahbari N.Otabekov so’z olib yurtimizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarga alohida to’xtalib o’tdi.

Shuningdek, imom-xatiblar bilan bo’lib o’tgan samimiy suhbat davomida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarni hamkorlikda yo’lga qo’yish va yanada kuchaytirish yuzasidan kelishib olindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram