Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JURNALIST VA BLOGERLAR QO’SHTEPA TUMANIDA

×

 2021-02-24 17:08:01    221

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Farg’ona viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan viloyatdagi jurnalist va blogerlar uchun Qo’shtepa tumanida press-tur hamda matbuot anjumani tashkil etildi.


Jurnalist va blogerlarning birinchi manzili Yo’ldoshobod kichik sanoat zonasi bo’ldi. 1-sektor hududida tashkil etilgan Yo’ldoshobod kichik sanoat zonasining umumiy yer maydoni 1,29 gektarni tashkil etadi. Ushbu yer maydonlari 10 ta lotlarga ajratilgan. Bugungi kunda 1,0 ga yer maydonlaridagi 9 ta lotlarga umumiy qiymati 11,3 mlrd. so’mlik 7 ta loyihalar joylashtirilgan. 

Lotlarga joylashtirilgan loyihalarning 2 tasi (qiymati 3,1 mlrd. so’mlik) qurib bitkazilib mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Qolgan 5 tasida (qiymati 8,2 mlrd. so’mlik) qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Hozirda mazkur kichik sanoat zonasida bo’sh turgan 1 ta lotga loyiha tashabbuskorini joylashtirish maqsadida tender savdolari o’tkazilmoqda. Shuningdek, 5 ta lotlarda qurilish ishlari davom etmoqda. Mazkur loyihalarni ishga tushirilishi natijasida 330 nafar yangi ish o’rinlari yaratiladi.

Tadbir ishtirokchilari kichik sanoat zonasidagi loyihalar va u yerdagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Bu yerda tashkil etilgan loyihalar bo’yicha tuman hokimining o’rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’i O.Akbarov batafsil tanishtirdi.

Jurnalistlar kichik sanoat zonasidagi loyihalar bilan tanishar ekan, tadbirkorlar va ishchilar bilan muloqotda bo’lib, ularning fikrlari bilan qiziqishdi.

Shundan so’ng press-tur ishtirokchilari mana shu hududdagi “Uz samarali servis” MChJda bo’lib, poyafzal ishlab chiqarish jarayoni va korxonaning istiqbolli loyihalari bilan ham tanishdilar. 

Press-tur so’ngida OAV vakillari uchun Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani o’tkazildi. Unda tuman hokimi va sektor rahbarlari jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram