Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TA'LIM YANGILIKLARI
2021-02-23 21:44:23 201
#Qo’shtepa tumani XTBga qarashli 27-umumiy o’rta ta'lim maktabining 11-sinf o’quvchilari Farg’ona Politexnika institutida bo’ldilar. Bundan ko’zlangan maqsad o’quvchilarni OTMga va zamonaviy kasb-hunarga yo’naltirish edi. Tashrif davomida o’quvchilar institutning fakultet va yo’nalishlarida bo’lib, talabalar bilan birga dars jarayonlarida ham qatnashdilar.
#11-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining 5-A sinf o’quvchilari esa Marg’ilon shahridagi "Ijodkorlar bog’i" va "Raqamli texnologiyalar markazi"da bo’ldilar.
#Bugun tumanimizdagi 30-umumiy o’rta ta'lim maktabining “Yosh veb dasturchilar" to’garagi a'zolari o’rtasida “Kompyuter sirlarini o’rganamiz” mavzusida tanlov bo’lib o’tdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.