Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O’TKAZILDI

×

 2021-02-19 19:51:35    49

PDF yuklash
Chop etish


Oqtepa mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 13-umumta'lim maktabida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov rahbarligida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirda Qo’shtepa tumani Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev, Farg’ona viloyati hokimligi kotibiyati mudiri Sh.O’rinova, Yoshlar ishlari agentligi Farg’ona viloyati boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari E.Xudoyberdiyev, Farg’ona viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari M.Yuldashev, tuman hokimining o’rinbosarlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda mas'ul korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. 

Ushbu ochiq muloqot yoshlarning fikri hamda ularning hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar, ularning e'tirozlariga va murojaatlariga sabab bo’layotgan omillarni bartaraf etish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda so’z olgan tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlarga berilayotgan e'tibor, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarni talab va takliflarini ro’yobga chiqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida gapirib o’tdi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlarni bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka yo’naltirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan olib borilayotgan isloxotlarga ham to’xtalib o’tdi.

Xususan, Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov boshchiligida sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlarning mutasaddilari ishtirokida “Yoshlar bilan muloqot” yo’lga qo’yib kelinmoqda. Ushbu muloqotlar chog’ida yoshlarning murojaatlari, muammo va takliflari o’rganilib, imkon qadar shu joyning o’zida tegishliligi bo’yicha bartaraf etishga, yechim topishga erishilmoqda.

Ochiq va samimiy o’tgan uchrashuvda 14 nafar yoshlar 14 ta masalalar bilan murojaat qildilar. Shundan 2 tasiga asosli tushuntirishlar berildi hamda 12 tasiga o’rganish va natijalarini ma'lum qilish uchun tuman hokimining o’rinbosari va mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, 2004 yilda tug’ilganlar o’rtasida sportning futbol musobaqasining Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini munosib himoya qilib, 1-o’rinni egallagan 13-umumta'lim maktabining 10-sinf o’quvchisi I.Ergashevga tuman hokimligining faxriy yorlig’i hamda esdalik sovg’alari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram