Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AHOLI MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA
2021-02-19 11:53:42 167
Fuqarolarimiz o’zlarining mavjud muammolarini ko’proq deputatlar orqali hal etishga harakat qilmoqdalar. Chunki joylardagi muammolarni o’rganish, masalalarni dadil ko’tarib chiqish va hal etish deputatlar tomonidan samarali hamda tizimli yondashish orqali bartaraf etilmoqda.
Bu jarayonlarda Qo’shtepa tuman Kengashiga saylangan deputatlar ham faol ishtirok etmoqdalar. Mana shunday deputatlardan biri 12-Qo’rg’oncha saylov okrugidan xalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashiga saylangan deputat Dilrabo Uzaqovadir.
Xo’jaqishloq mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro Muyassar Po’latova nogironlik guruhi to’xtatilganligi tufayli qaytadan nogironlik guruhini davom ettirish uchun yordam so’rab Dilrabo Uzaqovaga murojaat qildi. Deputat ushbu muammoni o’rganish maqsadida mutasaddi idora xodimlari bilan murojaatchining xonadonida bo’lib suhbat o’tkazdi.
Yana bir fuqaro Lena Zikayeva ham nogironlik aravachasi olishda yordam so’rab Dilrabo Uzaqovaga murojaat qilgan. Deputat ushbu muammoni ham mutasaddilar ishtirokida atroflicha o’rganib chiqib, har ikki murojaatni hal etish maqsadida tegishli idoralarga deputatlik so’rovi yubordi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.