Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ALIMENT TO’LAY OLMAGAN OTALAR ISHGA JOYLASHTIRILDI

×

 2021-02-19 11:02:10    197

PDF yuklash
Chop etish


Ajrashgan oilalar farzandlarining moddiy ta'minotini yaxshilash maqsadida otaga aliment to’lash chorasini qo’llash oson. Biroq, undan aliment undirish masalasi ko’plab muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, u ishsiz bo’lsa muammo o’n chandon ortmoqda. Majburiy ijro byurosi Qo’shtepa tumani bo’limi ish yurituvidagi ijro hujjatlariga asosan, voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta'minoti uchun aliment to’lashi ko’rsatilgan ishsiz qarzdor otalarni ishga joylashtirish maqsadida tumandagi bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi o’tkazildi. Ushbu tadbir Majburiy ijro byurosi Qo’shtepa tumani bo’limining ma'muriy binosida bo’lib o’tdi. 

O’tkazilgan mehnat yarmarkasida 100 nafardan ortiq qarzdor fuqarolar qatnashdi. Ularning 23 nafariga o’zlariga ma'qul tushgan ish o’rinlariga yo’llanmalar berildi. Shuningdek, ishsiz qarzdorlar ishga joylashtirilib, aliment undiruvi O’zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi Qonunining 64-moddasiga asosan qarzdorlarning ish xaqiga qaratildi.

Bundan tashqari, mahalla fuqarolar yig’inlarida faoliyat yuritayotgan yarashtiruv komissiyalari bilan uzrli sabablarsiz ajrashib ketayotgan yosh oilalarni yarashtirish ishlari ham olib borilmoqda. Yoshlarga oilaning muqaddas dargoh ekanligi, er-xotinning o’zaro kelishmovchiliklari oqibatida qanchadan-qancha farzandlar ota-ona mehriga zor bo’lib qolayotganligi muntazam ravishda proflaktik suhbatlar davomida tushuntirilmoqda.

O’tkazilgan proflaktik suhbatlar davomida joriy yilda 50 ta buzilgan oilalar tiklandi.

Jumladan, Majburiy ijro byurosi Qo’shtepa tumani bo’limi davlat ijrochisi I.Domilayev o’tkazgan proflaktik suhbat davomida Yangi do’kon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi aliment to’lashi ko’rsatilgan qarzdorning oilasi tiklandi. 

Fuqarolik ishlari bo’yicha Marg’ilon tumanlararo sudining 2019 yil 8 maydagi buyrug’iga asosan qarzdor D.Ibragimovdan undiruvchi D.Ibragimova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun har qanday topgan daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish to’g’risidagi ijro hujjati undiruvchi D.Ibragimovaning arizasiga asosan O’zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi Qonunning 40-moddasi, 1-qismiga asosan tamomlandi.

Bundan tashqari, fuqarolik ishlari bo’yicha Marg’ilon tumanlararo sudining 2021 yil 3 fevraldagi buyrug’iga asosan qarzdor X.Tojimatovdan undiruvchi K.Tojimatova foydasiga 1/2 qism miqdorida aliment undirish to’g’risidagi ijro hujjati ham undiruvchi K.Tojimatovaning arizasiga asosan tamomlanib, undiruvchiga ijrosiz qaytarib berildi.

Majburiy ijro byurosi Qo’shtepa tumani bo’limi tomonidan aliment undirish bilan bog’liq ijro hujjatlari ijrosini qarzdorlarni ishga joylashtirish va ish haqiga qaratish orqali ijrosini ta'minlash maqsadida hududlarda ishlarni tashkillashtirish uchun bo’lim xodimlariga bir qator vazifalar yuklatildi.       

S.Toshboltayev,

Majburiy ijro byurosi Qo’shtepa tumani bo’limi boshlig’i 3-darajali yurist.     


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram