Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“OBOD QISHLOQ”DA BIR KUN
2021-02-14 23:09:56 273
ISTIQBOL CHIROY OCHMOQDA
Yurtning obodligi, xalqning farovonligi mahalla va qishloqlardan boshlanishi bor gap.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hayotga izchil tatbiq etilayotgan “Obod qishloq” dasturi bugun chekka-chekka hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarida hamda mahallalarning yangicha qiyofasida o’zining yorqin ifodasini topmoqda.
Odamlarning hayotdan mamnunligi, shaharlardagidek qulaylik va imkoniyatlarga ega bo’lgan zamonaviy maskanlarda yashayotganidan shodonlik hissi zamirida bir haqiqat — qishloqlarni obod qilish yo’lidagi islohotlar yotibdi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Ana shunday hududlardan biri — Qo’shtepa tumanining eng chekka hududlaridan biri Istiqbol mahallasi bo’ladi.
Bu yerda ham “Obod qishloq” dasturi doirasida katta bunyodkorlik ishlari boshlandi. Bugun Istiqbol yangicha qiyofa kasb etishga shaylanmoqda. Qisqa muddat ichida bu mahalla zamonaviy ko’rinishda, barcha qulaylik, shart-sharoitlarga ega maskanga aylanadi.
Bugun “Obod qishloq” dasturi doirasida bunyodkorlik ishlari boshlangan Istiqbol mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, dastur doirasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdik.
Mahallaga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursunxon Aydarovich Xudoyberganov boshliq viloyatimiz rahbarlari tashrif buyurishdi.
– Mana ikki kundirki hamkasblarimiz bilan Istiqbol mahallasidamiz – deydi suhbatdoshimiz Farg’ona harbiy gospitali boshlig’i U.Mamatov. – Tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazmoqdamiz. Farg’ona harbiy gospitalining mutaxassislari – jarroh, terapevt, okulist, LOR, dermatovenerolog, nevropatolog, genekolog va pediatrlar kelib aholini tibbiy ko’rikdan o’tkazmoqdalar.
Ushbu mahallada istiqomat qilayotgan yosh-u qari shu joyning o’zida shifokrlarning tekshiruvidan o’tdilar. Qolaversa ular UZI, EKG, rentgen tekshiruvlarida ham qatnashdilar. Yaratilgan ushbu qulayliklardan mahalla ahli minnatdor bo’ldi.
Shifokorlar ko’rikka kela olmagan nogironlarning xonadonlariga borishdi. Tibbiy ko’rik qatnashchilariga ambulator tavsiyalar va qo’shimcha tekshirish uchun yo’llanmalar berildi.
Tuman obodonlashtirish boshqarmasining xodimlari ham mahalladagi obodonlashtirish ishlarida faol ishirok etmoqdalar. Ular dov-daraxtlarni butash va oqlash, yo’l chetlarini tekkizlash ishlarida faol qatnashmoqdalar.
Ichki yo’llarda shag’allashtirish ishlari ham jadal suratda olib borilmoqda. Mahalladagi ko’pqavatli uylarda ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Istiqbolda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlaridan mahalla ahli mamnun va minnatdor. Ular ham bir chekkada qarab turmay ko’tarinki kayfiyatda o’z tomorqasida ekin-tikin ekishga tayyorgarlik va supur-sidir ishlarni boshlab yuborishgan.
Tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda mahalla faollari ishtirokida “Obod qishloq” dasturi doirasida yig’ilish bo’lib o’tdi. Tuman hokimi hududda olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida gapirib o’tdi.
Tadbir so’ngida bir guruh mahalla faollari taqdirlanib, ularga tuman hokimining esdalik sovg’alari topshirildi.
“Istiqbol mahalla fuqarolar yig’ini “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish shtabi” mahalla fuqarolar yig’ini yonida joylashgan bo’lib, bugun shtabda ushbu xayrli ishlar oldidan jonliq so’yildi. Quron tilovat qilindi. Tushlikda xasharchilarga osh tortildi.
Tuman hokimi I.Novikov va tadbir ishtirokchilari, tuman hokimining o’rinbosari – tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Z.Kamilov, tuman tibbiyot birlashmasi rahbari O.Murodovlar mahalladagi keksa nogironlar A.Axmadjonov va J.Otaboyevlarning xonadonlarida bo’lib, ularni xolidan xabar oldilar. Keksa otaxonlarga nogironlik aravachalari va oziq-ovqat mahsulotlari jamlamasi topshirildi.
Shuningdek, mahalladagi kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 20 ta xonadonga ham oziq-ovqat mahsulotlari jamlamasi tarqatildi.
Bugun biz Istiqbol mahallasida endigina boshlanyotgan xayrli ishlarning boshida turibmiz. Hali bu yerda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hayotga izchil tatbiq etilayotgan “Obod qishloq” dasturi davomida juda katta ishlar amalga oshiriladi. Xulosa qilib aytganda, yaqin kunlarda siz bilan biz Istiqbolni yangicha qiyofada ko’ramiz.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating