Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“ENG TA'SIRCHAN NUTQ EGASI” ANIQLANDI

×

 2021-02-12 16:43:45    131

PDF yuklash
Chop etish


O’zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub bo’lib, hozirgi kunda ushbu til YEr yuzi aholisining qariyb 50 million aholisi uchun asosiy muloqot vositasidir. Shunday ekan, tilimizning mavqeiga qaratiladigan e'tibor ertangi avlodning kelajagi haqida qayg’urishimizning muhim asosi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda o’zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqei va nufuzini oshirish, jamiyatning barcha sohalarida faol qo’llanilishiga erishish, yosh avlodning ona tilimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mustaqillik davri tarixiga nazar soladigan bo’lsak, tilga e'tibor, uning mavqeini qonuniy jihatdan mustahkamlab qo’yish mustaqillikka erishishning dastlabki qadamlaridir desak mubolag’a bo’lmaydi.

Yurtimizda tilimizning mavqeiga juda katta e'tibor qaratilib, bu borada turli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. 

Qo’shtepa tumanida MTT sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar o’rtasida tashkil etilgan “Eng ta'sirchan nutq egasi” shiori ostidagi ko’rik-tanlov ham aynan shu maqsadda tashkil etildi.

Ushbu tanlov Qo’shtepa tumani hokimligining tashabbusi bilan 15-Bolalar musiqa va san'at maktabida tuman MTM hamkorligida o’tkazildi. 

Tanlov davomida xakamlar xay'ati a'zolari tumanimizdagi MTTlardan bellashish uchun kelgan ishtirokchilarning eng iste'dodlilarini tanlab olishga harakat qildilar. 

Natijalarga ko’ra 1-o’rin 5-MTTning tarbiyachisi O’g’iloy Muxammadovaga, 2-o’rin 6-MTT tarbiyachisi Feruzaxon Yuldashevaga hamda 3-o’rin esa 1-MTT tarbiyachisi Saodatxon Kalonovalarga nasib etdi. G’oliblar tuman hokimligi hamda maktabgacha ta'lim bo’limining diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. 

Bu kabi ko’rik tanlovlar soha vakillarining nutqiy mahoratini oshirish barobarida ularning bilim malakalari mustahkamlanishiga ham xissa qo’shadi.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan aytilgan g’azallarni tomoshabinlar zo’r hayajon bilan tingladilar. Tadbir so’ngida g’azallar sho’x qo’shiq-kuylarga ulanib ketdi.

Ko’rik-tanlovda Qo’shtepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari A.Yusupov va Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari N.Otabekovlar ishtirok etdilar.

U.XOLMATOV,

tuman hokimining maslahatchisi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram