Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVBATDAGI SESSIYASI O’TKAZILDI

×

 2021-02-12 11:42:02    218

PDF yuklash
Chop etish





Bugun Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining 32-sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishiga tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I.Novikov raislik qildi. 





Deputatlar 18-Qoraqushchi saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Ikromjon Mamadaliyevni sessiya kotibligiga sayladilar.





Sessiyada tuman hokimining o’rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tashkilotlar, idora va korxonalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya kun tartibidagi 1-masala “Tumanda 2020 yil mobaynida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, byudjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o’rinlari barpo etish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda 2021 yilda amalga oshirilishi belgilangan ishlar (tadbirlar), kutilayotgan natijalar” yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari A.Yunusovning hisoboti tinglandi.

“Tumanda 2020 yil mobaynida investitsiyalar jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda 2021 yilda amalga oshirilishi belgilangan ishlar (tadbirlar), kutilayotgan natijalar” sessiya kun tartibiga ikkinchi masala qilib qo’yildi. Ushbu masala yuzasidan tuman hokimining o’rinbosari - tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’i O.Akbarov hisobot berdi.





Sessiya davomida “Tumanda 2020 yil mobaynida tuman mahalliy byudjeti daromadlari bajarilishi holati, ular tomonidan qo’shimcha rezervlarni aniqlash bo’yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to’langanligi, ular bo’yicha soliq qarzdorligi to’g’risida amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda 2021 yilda amalga oshirilishi belgilangan ishlar (tadbirlar), kutilayotgan natijalar” yuzasidan tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Z.Mirzayevning va “Tuman mahalliy byudjetining 2020 yilgi ijrosi” yuzasidan Qo’shtepa tumani moliya bo’limi mudiri I.Akbarovlarning axborotlari tinglandi.





“Qo’shtepa tumani O’qchi va Shodlik mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi ko’chalarga nom berish” masalasi ham sessiya kun tartibiga kiritilgan bo’lib, ushbu masala yuzasidan Qo’shtepa tumani hokimining davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo’yicha maslahatchisi U.Holmatov hisobot berdi.





Shuningdek, kun tartibidagi qolgan masalalar yuzasidan tuman IIB boshlig’ining Huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari bo’yicha o’rinbosari A.Qo’chqorov va Qo’shtepa tumani kadastr agentligi bo’limi boshlig’i R.Axmadaliyevlarning hisobotlari ham tinglandi.





Qizg’in bahs va muzokaralarga boy tarzda o’tgan sessiyada davomida mutasaddi idora rahbarlari va xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Sh.Sharapov hamda A.Abdumalikovlar o’zlarining taklif va mulohazalarini bildirib o’tishdi.

Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar to’liq ko’rib chiqildi va ushbu masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Facebook, Telegram