Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
2021-02-10 10:22:23 166
“Sud qarorlarini qayta ko’rish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi O’RQ-665-sonli Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati
I. Qonunning maqsadi.
Qonunning maqsadifuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini o’z vaqtida tiklash va odil sudlovni amalga oshirish sifatini yanada yaxshilash imkoniyati yaratish, korruptsiyaviy omillarni bartaraf etib, shikoyat qilish institutining samaradorligini oshirish, o’rta bo’g’indagi sudlarning mas'uliyati kuchaytirish, sud qarorlarining sifatini oshirish hamda birinchi instantsiya sudlari tomonidan yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf qilishga erishishdan iborat.
II. Qonunning mazmuni va mohiyati.
Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga kiritilgan o’zgartirishlarga ko’ra:
Ma'muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar jinoyat ishlari bo’yicha sudlar tomonidan ko’riladi (ilgari ma'muriy sudlar tomonidan);
Fuqarolar o’z hisobidan sud majlisining audio- yoki videoyozuvini olishga haqli (ilgari ushbu norma nazarda tutilmagan).
Ma'muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi qaror ustidan ma'muriy bayonnomani tuzgan organ tomonidan ham shikoyat berilishi mumkin (ilgari qaror ustidan faqatgina shu qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari va advokat tomonidan shikoyat berilishi mumkin bo’lgan)
Ma'muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni nazorat tartibida ko’rish bekor qilinib, apellyatsiya instantsiyasi joriy etildi.
Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi bilan bir qatorda ularning adolatsizligi ham sud hujjatini kassatsiya tartibida o’zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo’lishi belgilandi.
Kassatsiya instantsiyasi sudi ishni Oliy sud raisi, Bosh prokuror yoki ularning o’rinbosarlari kiritgan protestga ko’ra kassatsiya tartibida takroran ko’radi (ilgari ma'muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish kassatsiya tartibida takroran ko’rilmagan).
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran ya'ni 2021 yil 13 yanvar kunidan kuchga kirdi.
Avazjon ERGAShEV,
jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudining raisi.