Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUSOBAQA G’OLIBLARI ANIQLANDI

×

 2021-02-10 09:13:08    120

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanidagi 3-sektor hududida, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, yuqori iqtisodiy o’sishga erishish hisobidan xalqimizning farovonligini oshirish va kundalik hayotdagi muammolarini hal etish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabr kunidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta'minlash borasida talaygina ishlar olib borilmoqda.



3-sektor hududida uyushmagan yoshlar o’rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishda 3-sektor rahbari tuman IIB boshlig’i S.Abdullayev tomonidan 3-sektor hududida joylashgan 24-umumiy o’rta ta'lim maktabida 10 ta mahalladagi uyushmagan yoshlar o’rtasida sportning voleybol turi bo’yicha  musobaqa bo’lib o’tdi.

“Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o’z qobilyatlarini namoyon qilish” uchun hududdagi uyushmagan yoshlar o’rtasida bo’lib o’tgan “Voleybol” musobaqasida 1-o’rinni “Qorakaltak” mahallasi uyushmagan yoshlari jamoasi qo’lga kiritishdi, 2-o’rinni “Langar” mahallasi uyushmagan yoshlari jamoasi va 3-o’rinni tuman XTB ga qarashli 24-umumiy o’rta ta'lim maktabining yoshlar guruhi egallashdi.



G’oliblarni taqdirlash marosimida tuman hokimi I.Novikov va 3-sektor rahbari tuman IIB boshlig’i S.Abdullayevlar ishtirok etdilar. Ular musobaqa natijalariga ko’ra g’olib deb topilgan jamoalarga 3-sektor rahbarining diplom va qimmatbaho sovg’alarini topshirishdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram