Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSH SPORTCHIMIZGA ISHONCH VA E'TIBOR

×

 2021-02-09 16:56:35    111

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanida 10-11 yosh toifasida o’tkazilgan shaxmat musobaqasida 20-umumiy o’rta ta'lim maktabining o’quvchisi Xushnutbek A'zamjonov faxrli 1-o’rinni egallagan edi.

Yosh sportchimizni har tomonlama rag’batlantirish va qo’llab quvvatlash, yangi va yana yangi g’alabalar sari da'vat etish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Qo’shtepa tumani bo’limi rahbari A.Abdumalikov va tuman axborot-kutubxona markazi direktori O.Yoqubovlar Xushnutbek A'zamjonovning yashash manziliga tashrif buyurdilar. 



Xushnutbek A'zamjonovni qo’llab-quvvatlash maqsadida unga esdalik sovg’alari topshirildi. Yosh sportchi bilan yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida fikr almashildi. Suhbat davomida ertamiz egalarining barkamol bo’lib voyaga yetishlari uchun tuman hokimi I.Novikov tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berilayotganligi to’g’risida ham so’z bordi.

Biz ham yosh sportchimizga ishonch bildirilib, yangi zafarlar va yutuqlari sari omad yor bo’lishini tilaymiz!

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.

 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram