Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 580 YILLIGI KENG NISHONLANDI

×

 2021-02-09 16:17:11    427

PDF yuklash
Chop etish


Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy g’oyalarning jahon tamaddunida tutgan o’rnini hamda o’sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ular qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyatini, shoir va mutafakkirning adabiy-ilmiy merosini keng targ’ib etish maqsadida bir qator tadbirlar tashkil etildi. 



Ana shunday maqsadlarni birlashtirgan “Navoiyxonlik” tadbirlari Qo’shtepa tumanidagi barcha umumta'lim maktablarida tashkil etildi. Tadbirlarda o’quvchilar tomonidan Navoiy g’azallari o’qilib, sahna ko’rinishlarida buyuk shoirning umir yo’llaridan parchalar namoyish etildi. Iqtidorli yoshlarimiz tadbirga o’zlari chizgan buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning suratlarini ham olib kelishdi.



Tumanimizdagi 9-11-30-umumta'lim maktablarida tashkil etilgan “Navoiyxonlik” tadbirlarida tuman hokimining maslahatchisi U.Xolmatov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tuman bo’linmasi rahbari N.Otabekovlar ham ishtirok etdilar.



Tadbirda maktab o’quvchilari tomonidan Alisher Navoiyning g’azallari, ruboiylari va hikmatlari aytildi, sahna ko’rinishlari namoyish etildi. 



Ushbu tadbirlar ko’tarinki ruhda o’tdi. Tadbir tashkilotchilari va faol o’quvchilar esdalik sovg’alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.

 






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram