Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

×

 2021-02-09 09:36:08    179

PDF yuklash
Chop etish


“Sud qarorlarini qayta ko’rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi Qonun (O’RQ–662-son, 12.01.2021 y.).

Kiritilgan o’zgartishlar bilan Ma'muriy sud ishlarini yuritishda nazorat instantsiyasi tugatildi.

Biznes ombudsmanga birinchi instantsiya sudining tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati taqdim qilish huquqi berildi.

Apellyatsiya shikoyati qaror qabul qilingandan bir oy muddatda berilishi mumkinligi belgilandi (ilgari bu muddat 20 kun edi).

Apellyatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilish masalasini hal etishga oid ajrim haqida ishtirok etuvchi shaxslar 3 kunda xabardor qilinadi (ilgari xabardor qilish ajrim chiqarilgan kunda amalga oshirilgan).

Kassatsiya shikoyati apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori qabul qilinganidan 1 yilda berilishi mumkin (ilgari hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin bir oy ichida berilishi mumkin edi).

Manfaatdor shaxslar ishlarni kassatsiya tartibida takroran ko’rish to’g’risida protest keltirish haqidagi ariza bilan Oliy sud raisi, Bosh prokuror va ularning o’rinbosarlariga murojaat qilishga haqli.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran ya'ni 2021 yil 13 yanvar kunidan kuchga kirdi.

Avazjon Ergashev,

jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudining raisi.

 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram