Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLARNING MUAMMO VA TAKLIFLARIGA E'TIBOR QARATILMOQDA
2021-02-09 08:53:07 216
Qo’shtepa tumanidagi “Yoshlar markazida” bo’lib o’tgan tadbir ishsiz yoshlarning bandligini ta'minlash masalasiga bag’ishlandi. Tadbir tuman hokimligi, sektor rahbarlari va huquq-tartibot idoralari hamkorligida o’tkazildi.
Unda tuman hokimining o’rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida sektor rahbarlari tomonidan o’tkazilgan yoshlar bilan uchrashuvlarda yoshlar tomonidan ko’tarilgan muammo va takliflar ijrosini ta'minlash hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 4921 nafar yoshlar bandligini ta'minlash va ularni tadbirkorlikka yo’naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Tadbir davomida yoshlar tomonidan ko’tarilgan muammo va takliflar ijrosini ta'minlash, ularni ishga joylash, tadbiroklik faoliyatlarini boshlashlari uchun kredit ajratish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Tuman hokimi I.Novikov tomonidan mas'ul rahbarlarga yoshlar bilan ishlashni tizimli tashkil etish va ularning muammolarini hal etishda mas'uliyat bilan yondoshish kerakligi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.