Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ALISHER NAVOIYNING TAVALLUDIGA BAG’ISHLANDI
2021-02-08 17:16:44 191
Barchamizga ma'lumki, 2020 yil 19 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4865 sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga ko’ra shoir va mutaffakir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanishi ko’zda tutilgan.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan qarorning ijrosini ta'minlash hamda o’quvchi yoshlarni Navoiy dahosiga hurmat va ehtiromlarini oshirish, bobomiz yaratgan ma'naviyat hazinlarini o’rganish bebaho merosini asrab avaylashdek ulug’ insoniy fazilatlarni kamol toptirish, ularni mutafakkir bobomizga munosib avlod bo’lishdek oliy tuyg’ularini shakllantirish maqsadida Qo’shtepa tumanida Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi, tuman hokimligi, xalq ta'limi bo’limi, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi tomonidan hamkorlikda chora tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.
Ushbu dasturda belgilangan vazifalar yuzasidan bugun Qo’shtepa tumanidagi umumiy o’rta ta'lim maktablarida so’z mulkining sultoni, buyuk alloma Alisher Navoiy tavalludiga bag’ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbirlar “Navoiyga ehtirom”, “Navoiy izdoshlari”, "Alisher Navoiy – she'riyat mulkining sultoni" shiori ostida o’tkazildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan Alisher Navoiyning hikmatli so’zlari, g’azallari, ruboyilari aytilib, sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
N.Otabekov,
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tuman bo’linmasi rahbari.