Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAMJIHATLIK VA MEHR-OQIBAT TADBIRI

×

 2021-02-08 15:43:16    97

PDF yuklash
Chop etish



Tumanimizda o’tkazilayotgan obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish oyligida mahallalarni obodonlashtirish, ko’chalarni, ariq va zovurlarni tozalash, daraxtlarni oqlash va butash, xonadonlar oldiga manzarali va mevali ko’chatlar hamda mavsumiy gullarni ekish, shuningdek har bir hududda qabristonlarni obod qilishdek ezgu ishlar hashar yo’li bilan olib borilmoqda.

Obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish oyligi doirasida tumanimiz markazidan tortib qishloqlargacha, ishlab chiqarish korxonalaridan tortib dalalargacha, mahallalarda, ijtimoiy soha ob'ektlarida, korxona-tashkilotlar va muassasalarda obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.



Qo’shtepa tumanidagi 51 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida ham obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish tadbirlari allaqachon boshlab yuborildi. Hashar davomida xonadonlar, ko’chalar, xiyobonlar tartibga keltirilib, ariq va zovurlar tozalanmoqda. Muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlar obodonlashtirilmoqda.



Shuningdek, hasharda ishtirok etayotgan Qo’shtepa tumani obodonlashtirish boshqarmasining ishchi xodimlari ham yo’l chetidagi ariq va zovurlarni tozalab, mevali va manzarali daraxtlarga shakl berish, oqlash ishlarini olib bormoqdalar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram