Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QORAKO’LCHILIK SOHASIGA QIZIQQAN YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
2021-02-06 13:16:41 173
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 4-5-fevral kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida hamda kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan yig’ilishda yoshlar bandligini ta'minlash, ayniqsa qishloq xo’jaligining yuqori daromadli sohalarida ularni band qilish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Jumladan, qorako’lchilik sohasida Buxoro viloyatining Peshku tumaniga viloyatdan 1200 nafar yoshlarni olib borib, yashash sharoitlarini tashkil qilgan holda yer ajratib, qorako’l qo’ylarni boqish, jun va terini qayta ishlashni o’rgatish vazifasi yuklatildi.
Shundan kelib chiqib bugun Qo’shtepa tumani hokimligining yig’ilishlar zalida qorako’lchilik sohasida daromad topish istagini bildirgan yoshlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Rishton, Olitariq, Qo’shtepa, Yozyovon, Toshloq, Quva, Farg’ona tumanlari hamda Quvasoy shahridan tashrif buyurgan yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilari bo’lgan yoshlar qorako’lchilik sohasidagi o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxissislar tomonidan javob oldilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.