Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KELGUSIDAGI VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
2021-02-04 21:19:14 156
Qo’shtepa tumanida ham xotin-qizlar jamoatchilik Kengashining namunaviy tarkibi tuzilib, ularning faoliyatini tashkil etish bo’yicha jadval ishlab chiqildi. Kengash a'zoligiga tumanning har bir sohadagi vakillaridan jalb qilingan.
Vazirlar Mahkamasining madaniyat va sport ishlari bo’yicha kotibiyatining xotin-qizlar va oila masalalari bo’yicha bosh mutaxassisi Zamira Axmedova bugun Qo’shtepa tumanida bo’lib Xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi a'zolari bilan suhbat o’tkazdi.
Suhbat chog’ida jamoatchilik Kengashi a'zolariga ularning asosiy vazifalari, funktsiyalari, huquqlari va majburiyatlari, joylarda ishlarni tashkil etish tartibi batafsil tushuntirib berildi.
Qiziqarli va mazmunli o’tgan muloqotda amalga oshirilgan ishlar va kelgusida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar belgilab olindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.