Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOKS: TUMAN OCHIQ BIRINCHILIGI MUSOBAQASI BO’LIB O’TMOQDA

×

 2021-02-04 16:26:36    172

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizda o’sib kelayotgan yoshlarni sport turlariga qiziqtirish, o’quvchilar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlarini kundalik turmush tarziga aylantirishga juda katta ahamiyat berilmoqda. 1-sonli kasb-hunar maktabining sport zalini sport kompleksiga aylantirish va sport inventar jihozlari sotib olish maqsadida tuman hokimi I.Novikov tashabbusi bilan mahalliy byudjet qo’shimcha orttirilgan mablag’lari hisobidan 100 million so’m mablag’ ajratildi.

Tumanimizdagi yoshlar uchun sport jihozlari sotib olinib, ushbu zal ta'mirlandi. Bugungi kunda yoshlar bu yerda sportning futbol, voleybol, boks, o’zbek jangi kabi turlari bilan shug’ullanmoqdalar. To’garaklar faoliyati BO’SM trenerlari tomonidan olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusini ikkinchisi bo’lgan "Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida bugun ushbu sport kompleksida yoshlar o’rtasida sportning boks turi bo’yicha tuman ochiq birinchiligi musobaqasi boshlandi.

Tadbirda tumanimizdagi sprotchi yoshlar va ularning murabbiylari ishtirok etishmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari A.Yusupov musobaqani ochib, qatnashchilarga omad tiladi.

Ushbu musobaqa Respublika Boks federatsiyasi qoidalari asosida 2002-2003, 2004-2005, 2006-2007, 2008-2009, 2010-2011, 2012-2013 yillarda tug’ilgan o’smirlar o’rtasida bo’lib o’tmoqda.

Ikki kun davom etadigan musobaqa so’ngida g’oliblikni qo’lga kiritgan ishtirokchilar tuman hokimligi, adliya bo’limi va tuman jismoniy tarbiya va sport bo’limlari tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram