Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AYRIM KODEKSLARGA O’ZGARTISH VA KO’SHIMCHALAR KIRITILDI

×

 2021-02-04 11:40:36    220

PDF yuklash
Chop etish


Sud qarorlarini qayta ko’rish instituti  takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksiga hamda Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi Qonunlari (O’RQ-664 O’RQ-665-son) qabul qilindi.

Yuqoridagi Qonunlarga asosan, Jinoyat protsessual kodeksiga quyidagicha o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.

Birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.

Birinchi instantsiya sudining sud muhokamasi vaqtida chiqarilgan ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish hukm ustidan shunday harakatlarni sodir etish bilan bir paytning o’zida amalga oshirilishi mumkin.

Apellyatsiya shikoyati va protestlari hukm e'lon qilingan kundan e'tiboran yigirma sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning ko’chirma nusxasi topshirilgan kundan e'tiboran shu muddat ichida berilishi mumkin.

Hukm ustidan shikoyat va protest berish uchun belgilangan muddat ichida ish suddan talab qilib olinishi mumkin emas. Taraflar shu vaqt mobaynida ish bilan sud binosida tanishishga haqli.

Belgilangan muddat o’tgandan keyin berilgan shikoyat yoki protest oqibatsiz qoldiriladi, bu haqda ularni bergan shaxslarga xabar qilinadi.

Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berilishi hukmning qonuniy kuchga kirishini va uning ijro ettirilishini to’xtatib turadi.

Hukm ustidan shikoyat berish va protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagach, hukm chiqargan sud ushbu Kodeksning 4976-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarib, ishni shikoyatlar, protestlar hamda ular yuzasidan bildirilgan e'tirozlar, shuningdek taqdim etilgan qo’shimcha materiallar bilan birga o’n kundan kechiktirmay apellyatsiya instantsiyasi sudiga yuboradi.

Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning o’rinbosari tomonidan ko’pi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.

Ish bo’yicha birinchi instantsiya sudining ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e'tiboran yigirma kunlik muddatda ushbu Kodeksning 4972-moddasida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan xususiy shikoyat yoki xususiy protest berilishi mumkin.

Hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi chog’ida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoxud protest bildirilgan taqdirda, hukm ustidan shikoyat va protest berish uchun belgilangan muddat tugagandan keyingina ish apellyatsiya instantsiyasi sudiga yuboriladi.

Sud muhokamasi chog’ida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlashga, uni o’zgartirishga yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga taalluqli ajrimlar ustidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shikoyat berish va protest bildirish mumkin emas. Ularga qarshi e'tirozlar apellyatsiya shikoyatiga yoki apellyatsiya protestiga kiritilishi mumkin.

Shuningdek, yuqoridagi Qonunlarga asosan, Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga quyidagicha o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.

Birinchi instantsiya sudining ma'muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish bo’yicha qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) qaror o’qib eshittirilgan kundan e'tiboran yigirma sutka ichida, o’ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs va jabrlanuvchi tomonidan esa, qarorning ko’chirma nusxalari ularga topshirilgan yoki ular tomonidan ushbu ko’chirma nusxalar olingan kundan e'tiboran xuddi shu muddatda berilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat o’tkazib yuborilgan taqdirda, apellyatsiya shikoyati (protesti) beruvchi shaxsning iltimosnomasiga ko’ra, qarorni chiqargan sud, agar muddatning o’tkazib yuborilganligi sabablarini uzrli deb topsa, o’tkazib yuborilgan muddatni tiklashga haqli bo’lib, bu haqda ajrim chiqariladi.

Sudning ma'muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnomani rad qilish to’g’risida ajrim chiqariladi, uning ustidan xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.

Birinchi instantsiya sudining ma'muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish bo’yicha qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) u ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan e'tiboran o’n besh sutka ichida apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan ko’rilishi lozim.

Birinchi instantsiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko’rib chiqish natijalariga ko’ra, apellyatsiya instantsiyasi sudi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) birinchi instantsiya sudi qarorini o’zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirish to’g’risida;

2) birinchi instantsiya sudi qarorini, shuningdek organning (mansabdor shaxsning) qarorini bekor qilish va ishni ma'muriy huquqbuzarlik to’g’risida bayonnoma tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytarish haqida;

3) birinchi instantsiya sudi qarorini o’zgartirish yoki bekor qilish va yangi qaror chiqarish to’g’risida;

4) birinchi instantsiya sudi qarorini bekor qilish va ish yuritishni tugatish to’g’risida;

5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to’g’risidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada o’zgartirish haqida;

6) apellyatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinishi munosabati bilan apellyatsiya ish yuritishini tugatish to’g’risida.

Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin darhol o’qib eshittiriladi.

Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori u o’qib eshittirilgan paytdan e'tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.

Kassatsiya shikoyati (protesti) bevosita O’zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.

Kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori chiqarilgan kundan e'tiboran olti oy ichida berilishi mumkin.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat o’tkazib yuborilgan hollarda, kassatsiya instantsiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga asosan, agar uni o’tkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, o’tkazilgan muddatni tiklashga haqli bo’lib, bu haqda ajrim chiqariladi.

Eslatma: Yuqoridagi Qonunlar rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Ziyodbek Halimjonov,

Qo’shtepa tuman adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram